Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
Download 0.5 Mb.
|
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi
1351-modda. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning talablarini buzish
(1351-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polislarida nazarda tutilmagan foydalanish davrida transport vositalarini boshqarish, xuddi shuningdek faqat mazkur sug‘urta polislarida ko‘rsatilgan haydovchilar ayni shu transport vositalarini boshqarishi to‘g‘risida mazkur sug‘urta polislarida nazarda tutilgan shartlarni buzgan holda transport vositalarini boshqarish, — Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. (1351-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-734-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/734/1113-son) Fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha qonunda belgilangan majburiyatning transport vositalari egalari tomonidan bajarilmasligi, xuddi shuningdek, agar bunday majburiy sug‘urta qilinmaganligi oldindan ayon bo‘lsa, transport vositalarini boshqarish, — Oldingi tahrirga qarang. fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. (1351-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-734-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/734/1113-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 21-apreldagi O‘RQ-155-son “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalari”. (1351-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 21-apreldagi O‘RQ-156-sonli Qonuni bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2008-y., 17-son, 129-modda) Oldingi tahrirga qarang. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling