Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


Download 0.5 Mb.
bet149/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

1951-modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) o‘z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq qonuniy talablarini bajarmaslikka omma oldida har qanday shaklda da’vatlar qilish, xuddi shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) ommaviy ravishda bo‘ysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida bila turib soxta uydirmalarni tarqatish, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
(1951-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktabrdagi O‘RQ-719-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 03/21/719/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
196-modda. Huquqbuzarlik sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va ichki ishlar organlarining yozma taqdimnomalarini bajarish choralarini ko‘rmaslik
(196-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-575-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 03/19/575/3972-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Huquqbuzarlikni sodir etish sabablarini hamda uni sodir etishga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va ichki ishlar organlarining yozma taqdimnomalarini bajarish choralarini ko‘rmaslik —
(196-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-575-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 03/19/575/3972-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(196-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling