Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


Download 0.5 Mb.
bet148/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

1941-modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablarini bajarmaslik
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) huquqbuzarliklarni to‘xtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, ko‘rsatilgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga (huquqni muhofaza qiluvchi organlarga) borish yoki O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarida (huquqni muhofaza qiluvchi organlarda) hozir bo‘lish to‘g‘risidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, transport vositasini to‘xtatish, jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoxud O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablariga boshqacha tarzda bo‘ysunmaslik, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan o‘n ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(1941-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktabrdagi O‘RQ-719-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 03/21/719/0929-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n ikki baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
(1941-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktabrdagi O‘RQ-719-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 03/21/719/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
195-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish
(195-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlari xodimining o‘z vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq qonuniy talablarini bajarmaslikka omma oldida har qanday shaklda da’vatlar qilish, xuddi shuningdek ichki ishlar organlari xodimlariga ommaviy ravishda bo‘ysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida bila turib soxta uydirmalarni tarqatish, —
(195-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
(195-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktabrdagi O‘RQ-719-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 03/21/719/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling