Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


Download 0.5 Mb.
bet197/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

22723-modda. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga bojxona qoidalarini buzgan holda olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini tashish, saqlash, sotib olish, ulardan foydalanish yoki ularni tasarruf etish
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga bojxona nazoratini chetlab o‘tib yoxud bojxona nazoratidan yashirib yoxud hujjatlar yoki bojxona identifikatsiyalash vositalaridan aldov yo‘li bilan foydalanib olib kirilgan yoxud deklaratsiyalanmagan yoki noto‘g‘ri deklaratsiyalangan holda olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini tashish, saqlash, sotib olish, shuningdek ushbu tovarlar va transport vositalaridan foydalanish yoki ularni tasarruf etish, xuddi shuningdek boj to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berilgan, bunday imtiyozlar berilishiga sabab bo‘lganidan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan yoxud tasarrufdan chiqarilayotgan tovarlar va transport vositalarini bojxona organining ruxsatisiz tashish, saqlash va sotib olish, —
(22723-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 31-oktabrdagi O‘RQ-577-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2019-y., 03/19/577/3975-son — 2020-yil 2-fevraldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(22723-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 31-oktabrdagi O‘RQ-577-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2019-y., 03/19/577/3975-son — 2020-yil 2-fevraldan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(22723-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling