Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatni amalga oshirish tartibini buzishi


Download 0.5 Mb.
bet205/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

239-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatni amalga oshirish tartibini buzishi
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat notijorat tashkilotlari (diniy tashkilotlar bundan mustasno), shuningdek ularning vakolatxonalari va filiallarining davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan (hisobga olinmasdan) faoliyatni amalga oshirishi —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(239-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
Bosh tashkiloti O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari hamda ular xodimlarining biror-bir siyosiy faoliyatda hamda vakolatxonaning yoki filialning ustavdagi maqsad va vazifalariga javob bermaydigan boshqa faoliyatda qatnashishi, ularning siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlar tomonidan o‘tkaziladigan amaliy harakatlar hamda tadbirlarni moliyalashtirishi, shuningdek bunday tashkilotlarni tuzish tashabbusi bilan chiqishi va shunday tashkilotlarni tuzishni qo‘llab-quvvatlashi —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
(239-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Nodavlat notijorat tashkilotlarining belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan ramziy belgilarni ishlatishi —
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(239-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Nodavlat notijorat tashkilotlari (siyosiy partiyalar bundan mustasno), ularning vakolatxonalari va filiallari ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning roziligisiz tadbirlar o‘tkazishi, xuddi shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari o‘tkazayotgan tadbirlarga ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ vakilining erkin kirishini rad etish —
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(239-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 1-iyundagi 308-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi to‘g‘risida nizom”.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlar fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning roziligisiz pul mablag‘lari va mol-mulk olishi —
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(239-modda beshinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etmasligi, o‘z vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi, o‘z faoliyati to‘g‘risida bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etishi, xuddi shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining axborotni, shu jumladan ular tomonidan mol-mulk va pul mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasligi —
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(239-modda oltinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 27-iyundagi 336-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati to‘g‘risida hisobot shakli”.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling