Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-modda. Harbiy hisob hujjatlarini qasddan yaroqsizlantirish yoki ularni beparvolik tufayli yo‘qotish


Download 0.5 Mb.
bet204/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

236-modda. Harbiy hisob hujjatlarini qasddan yaroqsizlantirish yoki ularni beparvolik tufayli yo‘qotish
Harbiy hisob hujjatlarini (harbiy biletni, muqobil xizmat xizmatchisining guvohnomasini hamda chaqiruv uchastkasida qayd etilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani) qasddan yaroqsizlantirish yoki beparvolik bilan saqlash ularning yo‘qolishiga olib kelsa —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(236-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
237-modda. Harbiy yoki muqobil xizmatdan bo‘yin tovlash
Muddatli harbiy xizmat yoki muqobil xizmatga chaqiruvdan, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati safiga olinishdan yoki xizmatni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervida o‘tashdan bo‘yin tovlash —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(237-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 225-moddasi.
238-modda. Muqobil xizmat xizmatchisining o‘z vazifalarini bajarmasligi
Muqobil xizmatni o‘tayotgan shaxsning o‘z vazifalarini bajarmasligi —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(238-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi 436-II-son “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunining 40-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(239-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling