UChINChI BO‘LIM
MA’MURIY HUQUQBUZARLIKLAR TO‘G‘RISIDAGI IShLARNI KO‘RIB ChIQIShGA VAKOLATI BO‘LGAN ORGANLAR (MANSABDOR ShAXSLAR)
XVII bob. UMUMIY QOIDALAR
242-modda. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lgan organlar (mansabdor shaxslar)
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni:
Oldingi tahrirga qarang.
1) jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa iqtisodiy sudlar va fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar;
(242-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 200-moddasi, Fuqarolik protsessual kodeksining 150-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(242-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3) voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha tuman (shahar) idoralararo komissiyalari;
(242-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-sonli qarori bilan tasdiqlangan Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar to‘g‘risidagi nizomning 12-bandi to‘qqizinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
4) ichki ishlar organlari (mansabdor shaxslari), davlat inspeksiyasi organlari (mansabdor shaxslari) va ushbu Kodeks bilan vakolat berilgan boshqa organlar (mansabdor shaxslar) ko‘rib chiqadilar.
(242-modda birinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |