Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
Download 0.5 Mb.
|
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi
2454-modda. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar fuqarolik ishlarining muhokamasi chog‘ida ma’muriy huquqbuzarliklarni aniqlagan hollarda ushbu Kodeksning 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi. (2454-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi O‘RQ-288-sonli Qonuni bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda) Oldingi tahrirga qarang. 2455-modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi organlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi organlariga ushbu Kodeksning 2155-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga quyidagilar haqli: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori va uning o‘rinbosarlari; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi hududiy boshqarmalarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari. 2456-modda. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Oldingi tahrirga qarang. Ushbu Kodeksning 1752, 1757 va 2152-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi. (2456-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son) Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ko‘rib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi. Oldingi tahrirga qarang. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling