Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-modda. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar


Download 0.5 Mb.
bet218/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

247-modda. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar
Oldingi tahrirga qarang.
Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha tuman (shahar) idoralararo komissiyalari voyaga yetmagan shaxslar tomonidan ushbu Kodeksning 194 va 1941-moddalarida nazarda tutilganidan bo‘lak sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadilar. Ushbu Kodeksning 61, 1161, 1162, 125, 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129, 130, 131, 132, 133, 134, 135, 1351, 136, 137, 138, 183, 185, 1851, 220, 221-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiyalar mazkur ishlar kelib tushgan organ (mansabdor shaxs) ishni shu komissiyalar qarab chiqishi uchun topshirgan hollardagina ko‘rib chiqadilar. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar voyaga yetmaganlarning ota-onalari yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslarga taalluqli ushbu Kodeksning 47-moddasi birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ham ko‘rib chiqadilar.
(247-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
Oldingi tahrirga qarang.
248-modda. Ichki ishlar organlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlariga ushbu Kodeksning 47-moddasining birinchi qismida, 473, 54, 561-moddalarida, 110-moddasining birinchi qismida (fuqarolarga nisbatan), 111-moddasining birinchi qismida, 113-moddasining birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida, 114, 115-moddalarida, 116-moddasining birinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 121, 122, 123, 125-moddalarida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281, 1282-moddalarida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351-moddalarida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139, 140, 141-moddalarida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 147-moddasida, 148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yog‘och ko‘priklardan 100 metrgacha bo‘lgan masofada olov yoqqanlik, taxta to‘shamali ko‘priklarda chekkanlik uchun), 156, 161, 183-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida, 188, 1882, 192, 204, 205-moddalarida, 220-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarid�, 221, 223, 2231, 2233, 224 -moddalarida, 225-moddasining birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
(248-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-734-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/734/1113-son)
Ichki ishlar organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va ma’muriy jazo qo‘llashga quyidagilar haqli:
Oldingi tahrirga qarang.
1) ushbu Kodeksning 561-moddasida, 114-moddasida, 116-moddasining birinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 121, 122, 123-moddalarida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 156, 183, 192, 204, 205-moddalarida, 220-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 221, 223, 2231, 2233, 224-moddalarida, 225-moddasining birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlar ichki ishlar bo‘limlarining (boshqarmalarining) boshliqlari yoki boshliq o‘rinbosarlari, shuningdek transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmalarining (bo‘limlarining) boshliqlari;
(248-modda ikkinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-579-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 03/19/579/3994-son)

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling