Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-modda. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalarning vakolatlari


Download 0.5 Mb.
bet213/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

243-modda. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalarning vakolatlari
Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar o‘zlariga taalluqli ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni komissiya tarkibi a’zolarining kamida yarmi mavjud bo‘lganda ko‘rib chiqishga, ushbu Kodeksning Maxsus qismida nazarda tutilgan ma’muriy jazolarni o‘zlariga berilgan vakolatlar doirasida qo‘llashga hamda oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qarorlar qabul qilishga haqlidir.
(243-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
244-modda. Mansabdor shaxslarning vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ushbu Kodeksning 242-moddasi 4-bandida ko‘rsatilgan organlar nomidan ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxslarning ro‘yxati qonunchilik bilan belgilab qo‘yiladi.
(244-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lgan mansabdor shaxslar ushbu Kodeksning Maxsus qismida nazarda tutilgan ma’muriy jazo choralarini o‘z vakolatlari doirasida va faqat xizmat burchini bajarib turgan chog‘dagina qo‘llanishlari mumkin.
XVIII bob. MA’MURIY HUQUQBUZARLIKLAR TO‘G‘RISIDAGI IShLARNING TAALLUQLILIGI
Oldingi tahrirga qarang.
245-modda. Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar
Oldingi tahrirga qarang.
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar ushbu Kodeksning 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 461, 462-moddalarida, 47-moddasining ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida, 471, 472, 474, 475, 48, 491, 494, 511, 512, 513, 514, 515, 516, 517, 518, 519, 52, 56, 57, 58, 59, 591-moddalarida, 60-moddasining birinchi qismida, 61, 611, 612, 62, 64, 66, 67-moddalarida, 701-moddasining ikkinchi qismida, 702-moddasining ikkinchi qismida, 76-moddasida (suv xo‘jaligi inshootlarini shikastlantirishga oid qismida), 77-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 79-moddasining ikkinchi qismida, 90-moddasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 901-moddasida, 911-moddasining to‘rtinchi qismida, 94, 99 (yo‘l qurilishi sohasidagi qonunchilikni buzishga oid qismida), 100-moddalarida, 101-moddasining birinchi (umumiy foydalanishdagi issiqlik tarmoqlari va issiqlik energiyasini hisobga olish asboblariga oid qismida) va ikkinchi qismlarida, 102, 103, 104, 105, 106, 107, 108-moddalarida, 110-moddasining birinchi (mansabdor shaxslarga nisbatan) va ikkinchi qismlarida, 111-moddasining ikkinchi qismida, 112-moddasida (transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etishga oid qismida), 1161, 1162-moddalarida, 117-moddasining ikkinchi qismida, 119-moddasida, 1251-moddasining ikkinchi qismida, 127-moddasining ikkinchi qismida, 128-moddasining to‘rtinchi qismida, 1283-moddasining to‘rtinchi va beshinchi qismlarida, 1284-moddasining to‘rtinchi qismida, 1285-moddasining uchinchi qismida, 129-moddasining ikkinchi qismida, 130-moddasining ikkinchi qismida, 131, 132, 133, 134-moddalarida, 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 137-moddasida, 142-moddasining ikkinchi qismida, 146-moddasining uchinchi qismida, 1461-moddasida, 147-moddasida (avtomobil yo‘llarini o‘zboshimchalik bilan qazish, ularda sun’iy notekisliklar va to‘siqlar yaratish, avtomobil yo‘lida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, shuningdek yo‘llarni saqlash qoidalarini buzish), 149, 150-moddalarida, 151-moddasining ikkinchi qismida, 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 155, 1551, 1552, 157, 158, 159-moddalarida, 160, 1601, 161, 163, 1631-moddalarida, 164, 165, 1651, 166, 167, 169, 170, 171, 1711, 172, 173-moddalarida, 174-moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida, 1741, 175, 1751, 1752, 1753, 1754, 1755, 1756, 1757, 1758,176, 1762, 1763, 1764, 177, 1771, 1772, 178, 1781, 179, 1791, 1792, 1793, 1794, 1795, 180, 181, 182, 183, 1841, 1842, 1843, 185, 1851, 1852, 1853, 186, 1861-moddalarida, 187-moddasining ikkinchi qismida, 1881, 1883, 189, 1891, 190, 191, 1921, 193, 1931, 1932, 1933, 194, 1941,195, 1951, 196, 1961, 197, 1971, 1972, 1974, 1975, 1976, 198, 1983, 1984, 199, 200, 2001, 2002, 201, 2011, 202, 2021, 2022, 203, 2031, 204, 2041, 205, 206, 2061, 207, 208, 209, 2091, 210, 2101, 2152, 2154, 216, 217, 218, 2191-moddalarida, 220-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 222, 2241, 2242-moddalarida, 225-moddasining yettinchi va sakkizinchi qismlarida, 2251, 226-moddalarida, 2274-moddasining birinchi — to‘rtinchi qismlarida, 2278, 2279, 22713, 22714, 22715, 22716, 22717, 22718, 22719, 22720, 22721, 22722, 22723, 22724, 22725, 22726, 22727-moddalarida, 228-moddasida (muhrlar (plombalar) tabiatni muhofaza etish to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi uchun qo‘yilgan hollar bundan mustasno), 230, 231, 232, 233, 234, 237, 238, 239, 2391, 240, 241, 241— 2418 va 24110-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni ko‘rib chiqadi.
(245-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-734-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/734/1113-son)
LexUZ sharhi
245-moddaning birinchi qismiga O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktabrdagi O‘RQ-720-sonli Qonuniga asosan o‘zgartirish kiritilgan — 2022-yil 6-yanvardan kuchga kiradi.
Agar huquqbuzar huquqbuzarlik faktini inkor etsa, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi boshqa ishlarni ham, xuddi shuningdek sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi masalalarni hal etish uchun o‘zlariga topshirilgan ishlarni ham bevosita ko‘rib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) ularning xodimlari, yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining mansabdor shaxslari va (yoki) boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ham jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar ko‘rib chiqadi, bundan ushbu Kodeks 60-moddasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 601, 65, 68, 681, 99 (qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga oid qismida) va 283-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(245-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling