Adliya organlari va muassasalari tizimi. Davlat xizmatlari agentligi va Intellektual mulk huquqi o’rni.
Reja:
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.
Adliya vazirligi faoliyatining strategik yo‘nalishlari.
Vazirlik quyidagi FUNKSIYALARNI amalga oshiradi.
Adliya vazirligi faoliyatining strategik yo‘nalishlarini belgilab oldi
O‘zbekiston adliya organlari va muassasalari tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqildi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston prezidentining «Adliya organlari va muassasalarini 2030 yilgacha rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari to‘g‘risida» qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Ishlab chiqilgan loyiha uzoq istiqbolga mo‘ljallangan ilk strategik hujjat hisoblanadi. Ishga bunday yondashuv avvalo tizimli va barqaror bo‘lishi kerak bo‘lgan huquq ijodkorligi faoliyati uchun juda muhim.
Strategiya, intizom va tashabbus
Birinchidan, loyiha bilan quyidagi muhim dasturiy hujjatlarni tasdiqlash ko‘zda tutilgan:
O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi;
O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari tizimini rivojlantirish strategiyasining 2020−2024 yillarga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlari;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy apparati xodimlarining ish samaradorligi ko‘rsatkichlarini aniqlash va baholash Metodikasi.
Shu tariqa adliya organlari va muassasalarini rivojlantirishning yagona strategik rejalashtirish tizimi tashkil etilmoqda.
Ikkinchidan, strategiya, intizom va tashabbus, shuningdek adliya organlari va muassasalarining joriy faoliyatini monitoring va nazorat qilish bo‘yicha barcha jarayonlarni maksimal darajada avtomatlashtirish joriy etilayotgan tizimning asosiy tarkibiy qismlaridan hisoblanadi.
Ta’kidlash joizki, avtomatlashtirish Adliya vazirligi faoliyatining mislsiz darajada ochiqligini ta’minlashni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |