Adliya organlari va muassasalari tizimi. Davlat xizmatlari agentligi va Intellektual mulk huquqi o’rni


Download 49.76 Kb.
bet3/4
Sana13.09.2023
Hajmi49.76 Kb.
#1676525
1   2   3   4
Bog'liq
Adliya organlari va muassasalari tizimi

Ikkinchidan, norma ijodkorligi va ishlarning real holati o‘rtasidagi samarali teskari aloqani ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunga ayniqsa joylarda ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotining tizimli ravishda o‘rganilishini ta’minlash hisobiga erishish mumkin.
Uchinchidan, davlat xizmatlari va intellektual mulk ham adliya organlari va muassasalarining strategik yo‘nalishlari sifatida e’tirof etilgan.
Bu sohada Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (Organisation for Economic Cooperation and Development, OECD) a’zosi hisoblangan dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlarida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan davlatning xizmat ko‘rsatish modeliga o‘tish ustuvor jihat sanaladi.
To‘rtinchidan, ushbu yangiliklar jamiyat, ayniqsa davlat xizmatchilarining huquqiy madaniyat darajasini izchil oshirishga qaratilgan. Bugungi kunda Adliya vazirligida aholi, eng avvalo yoshlar va ayollar huquqiy madaniyati darajasini oshirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Biroq istiqbolda, shuningdek, davlat va huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bilan ularning huquqiy savodxonligini oshirish, ayniqsa inson huquqlarini ta’minlash va aholi bilan muloqot qilishning qonuniy asoslari bo‘yicha manzilli ishlarni amalga oshirish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Beshinchidan, davlat xizmatlaridan tashqari Adliya vazirligi aholiga huquqiy xizmat ko‘rsatish bilan ham shug‘ullanadi. Tan olish kerak, mazkur soha ish yuklamasi juda katta hisoblanadi. Notarius va advokatlarning umumiy soni mamlakatimiz aholisiga nisbati dunyo ko‘rsatkichlariga qaraganda ancha kam. Misol uchun, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo notariatning lotin tipidagi davlatlarida bitta notarius lavozimiga o‘rtacha 18 948 nafar aholi to‘g‘ri keladi. Umume’tirof etilgan standartlar bo‘yicha bir advokatga o‘rtacha 1 100 nafar odam to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda esa mazkur ko‘rsatkich bitta notariusga qariyb 36 ming nafar va bir advokatga 8 mingdan ortiq aholi to‘g‘ri keladi.
Notariuslar va advokatlar yetishmovchiligini avvalo yuqori malakali kadrlar tayyorlash va yuridik ta’lim yo‘nalishlarini kengaytirish, jumladan o‘rta-maxsus ta’limni rivojlantirish, yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish hisobidan qoplash rejalashtirilmoqda.
Oltinchidan, yuridik ta’lim sohasida yuksak vazifa — Toshkent davlat yuridik universitetining dunyoning eng yaxshi 1000 ta oliy o‘quv yurti reytingiga kirishini ta’minlash vazifasi qo‘yilgan.

Download 49.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling