Oliy ta'lim tizimidagi islohotlar va yangiliklar


Download 407.58 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi407.58 Kb.
#1144959


Oliy ta'lim tizimidagi islohotlar va yangiliklar
Oliy ta’lim 30 / 09 / 2021

Oliy ta'lim tizimidagi islohotlar va yangiliklar

Annotatsiya : Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellectual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. So‘nggi 5 yil ichida oily ta’lim tizimida ham ko‘plab yangiliklar va islohotlar natijasida tizimda ijobiy o‘zgarishlar bo‘lyapti. Ushbu maqolada, oliy ta ‘lim tizimidagi islohotlar va yangiliklar tahlil qilinib, fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: Oliy ta'limtizimi, islohotlar, yangiliklar, muammo, yechim, innovatsiya, ta'limda texnologiya, kredit modul tizimi.

Prezidentimizning 2017-yil 7-fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta'lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasida bir qator vazifalar belgilangan. Hujjatda ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta'lim muassasalarini qurish, ta'mirlash va kapital ta'mirlash barobarida ularni zamonaviy o'quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va o'quv-metodik qo'llanmalar bilan ta'minlash nazarda tutilgan.

"Yangi O'zbekiston strategiyasida oliy ta'lim tizimlaridagi vazifalar:

· Oliy ta'limga qamrov darajasini 50 foizga yetkazish bilan birga asosiy e'tibor ta'lim sifatini oshirishga qaratiladi. 2026-yilga qadar kamida10 ta oily goh nufuzli xalqaro reytinglarga kiritiladi;

· Talabalarning yashash sharoitini yaxshilash uchun kelgusi besh yilda qariyb 100 ming o'rinli talabalar yotoqxonalari barpo etiladi;

· Oliy ta'limda raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida 2026-yilgacha xususiy oilygohlar soni kamida 50 taga yetkaziladi.

· Doktoranturaga qabul davlat buyurtmasi hamda manfaatdor tashkilotlar mablag'lari hisobidan to'lov-grant asosida joriy etiladi," - deb ta'kidladi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o'zining saylovoldi dasturida.

So'nggi yillarda qabul kvotalari qariyib bir necha barobarga ortdi. Bundan tashqari, kelgusi yillar davomida bu ko'rsatkichni 50 foizga yetkazish, oily ta'lim muassasalarining nufuzini yanada ortirish, shuningdek, ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan maqsadli chora tadbirlar dasturiga asosan aytaolamanki, bu tizimni islohotlar kutmoqda. Bu jarayonda, o'qituvchilarning ilmiy darajasini orttirish, professor o'qituvchilarningoylikmaoshlariniko'paytirishbo'yicha ham chora tadbirlar ko'rilmoqda. Oliy ta'lim tizimida, umuman olganda, ta'limning barcha bosqichlarida dars berayotgan ingiliz tili o'qituvchilarining atigi 4 foizi xalqaro sertifikatga egaigi bu borada qilinishi zarur bo'lgan ishlar salmoqli ekanligini ko'rsatmoqda.

Shuningdek, 2030-yilga qadar respublikadagi barcha oily ta'lim muassasasi (OTM)ning 85 foizi, jumladan, 2020/2021-oʻquv yilining oʻzida 33 ta oily ta'lim dargohini kredit-modul tizimiga oʻtkazish koʻrsatib oʻtildi. Kredit-modul tizimi, bu — ta'limni tashkil etish jarayoni boʻlib, oʻqitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit oʻlchovi asosida baholash modelihisoblanadi. Uni bir butunlikda olib boorish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini ta'minlash hamda talabalar biliminireytingasosidabaholashgaasoslanadi. Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar e'tirof etiladi:

— oʻquv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish;

— bitta fan, kurs (kredit)ning­qiymatini aniqlash;

— talabalar bilimini reyting bali asosida baholash;

— talabalarga oʻzlarining oʻquv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkonyaratish;

— ta'lim jarayonida mustaqil ta'lim olishning ulushini oshirishga xizmat qiladi. Bunda dars mashgʻulotlarini nafaqat oʻqitishni innovatsion ta'lim texnologiyalari asosida olib borish, balkitalabadanmustaqiloʻqib-oʻrganish, ta'limga yangicha munosabatda boʻlish, mehnat bozori talabidan kelib chiqib, zaruriy va chuqur nazariy bilimlarni egallash, amaliy koʻnikmalarini shakllantirishga oʻrgatishdan iboratdir.

Xulosa qilib aytganda, so'nggi yillarda ta'lim tizimida turli xildagi yangiliklar va islohotlar bu oily ta'lim tizimida ta'lim sifatining ortishiga yordam beradi. Jumladan, modul kredit tizimi orqali talabaning kasbiy rivojlanish va kamol otiga ijobiy ta'sir qilish mumkin. Ya'ni ularning mehnat bozorida o'z o'rinlarini topishlarida zamonaviy talablarga javob beraoladigan inson capitalini o'zlarida shakllantirishga qaratilgandir. Ta'limda sifatning ortishi salohiyatli kadrlar yetishtirib chiqarishga ham yordam beradi. Shuboisdan ham, biz oily ta'limdagi barcha islohotlar va yangiliklarni qo'llab-quvvatlaymiz, shuningdek, kelgusida tashabbuskorlik bilan biz ham oilygohimizda ko'plab yangiliklar qilishni hamda xorijiy universitetlarda o'qituvchilarimizni tajribasini orttirishni maqsad qilganmiz.

Yadgor RUZMETOV,



Dotsent Texnika fanlari nomzodi



Download 407.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling