Adliya organlari va muassasalari tizimi. Davlat xizmatlari agentligi va Intellektual mulk huquqi o’rni


Download 49.76 Kb.
bet4/4
Sana13.09.2023
Hajmi49.76 Kb.
#1676525
1   2   3   4
Bog'liq
Adliya organlari va muassasalari tizimi

Adliya organlari xodimlari kuni
Adliya organlari xodimlari kunining belgilanishi tizim xodimlari uchun yaxshi yangilik bo‘ladi. Loyihada tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatni ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.
Umuman olganda, Adliya vazirligida qayd etilishicha, Adliya organlari va muassasalari tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi yaqin o‘n yillikda qo‘yilgan maqsadlarga bosqichma-bosqich erishishda o‘ziga xos dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Vazirlik quyidagi FUNKSIYALARNI amalga oshiradi:

    1. qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni tayyorlash va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish sohasida:

      • davlat boshqaruvi organlarining qonunchilik ijodkorligi masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga metodik rahbarlikni amalga oshiradi

      • qonunchilik ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqadi, ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi

      • davlat boshqaruvi organlari tomonidan qonun loyihalarini tayyorlashning zarurligi masalalari bo‘yicha oldindan kelishishni amalga oshiradi

      • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari bo‘yicha va o‘z tashabbusiga ko‘ra qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi loyihalarni ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda kiritadi

      • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qonun loyihalarini tayyorlash masalalari bo‘yicha takliflarini ko‘rib chiqadi va umumlashtiradi

      • qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini yuridik ekspertizadan o‘tkazadi va ularning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun hujjatlariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi yuzasidan xulosalar beradi

      • qonun hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqlashtirish, huquqiy tartibga solishning tizimga solinishini va yaxlitligini ta’minlash to‘g‘risida takliflar ishlab chiqadi, qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflarni tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda ularni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga taqdim qiladi, qonun hujjatlarini kodekslashtirish bo‘yicha ishlarni olib boradi

      • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, ularning Kengashlari, qo‘mitalari va komissiyalari bilan doimiy amaliy aloqada bo‘ladi




    1. idoraviy norma ijodkorligi sohasida:

      • vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning umumiy majburiy tusdagi normativ-huquqiy hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi

      • idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestrini yuritadi

      • vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish va manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazish, shuningdek ularni qo‘llash bo‘yicha ishlarini nazorat qiladi

      • vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning holati to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilib turadi




    1. qonunchilikni tizimlashtirish sohasida:

      • O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarini davlat hisobiga olish va qonun hujjatlarini turkumlash ishlarini olib boradi

      • O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlarining nazorat nusxalarini yuritadi

      • O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari bankini (fondini) shakllantiradi

      • O‘zbekiston Respublikasi tarmoq qonunchiligining umumhuquqiy klassifikatorini rivojlantirilishni amalga oshiradi, normativ-huquqiy hujjatlarga klassifikator asosida kodlar beradi

      • davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalarini belgilaydi va ularga rioya qilish ustidan nazoratni amalga oshiradi




    1. huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida:

      • huquqni qo‘llash amaliyoti masalalari bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi

      • davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash ishlarini tashkil etadi

      • O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bajarilishi monitoringini olib boradi va uning natijalari bo‘yicha takliflar kiritadi

      • qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida xulosalar beradi




  1. Konstitutsiyada va qonunlarda mustahkamlangan inson huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlash sohasida:

    1. inson huquqlari sohasida qonun hujjatlarini doimiy ravishda tahlil qiladi va ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi

    2. xalqaro tajribani o‘rganadi va xalqaro-huquqiy normalarning O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlaridagi ijrosi bo‘yicha takliflar tayyorlaydi

    3. inson huquq va erkinliklari sohasida aholining huquqiy bilimlarini oshirish, jamiyatda inson huquqlarini hurmat qilish g‘oyasini targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi

    4. inson huquqlari sohasida qonun hujjatlariga rioya qilishning holatini o‘rganadi va umumlashtiradi hamda uni yaxshilash yuzasidan tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi

    5. inson huquq va erkinliklarini himoya qilishda advokatlik tuzilmalarining rolini kuchaytirishga, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga hamda ularning huquqiy asoslari mustahkamlanishiga ko‘maklashadi

    6. inson huquqlari bo‘yicha, shu jumladan inson huquq va erkinliklariga rioya qilinishi monitoringi sohasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi bilan o‘zaro hamkorlik qiladi

    7. fuqarolarning o‘z konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari buzilishi to‘g‘risidagi murojaatlari xolisona va har tomonlama ko‘rib chiqishini ta’minlaydi, ular bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq chora-tadbirlar ko‘radi




  • davlat organlarining huquqiy targ‘ibot ishlarini muvofiqlashtirish sohasida:

    1. huquqiy targ‘ibot va huquqiy ta’limning ahvolini tahlil qiladi, ularni yaxshilash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi

    2. jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni oshirishga, qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy bilimlar aholi o‘rtasida targ‘ib qilinishini tashkil etadi

    3. huquq sohasida ta’lim ishlari metodik jihatdan ta’minlanishini tashkil etadi, huquqiy tarbiya va ta’limning zamonaviy shakllarini joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi

    4. oliy va o‘rta maxsus hamda kasb-hunar o‘quv yurtlarining talabalari va o‘quvchilari uchun yuridik darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, normativ-huquqiy hujjatlar to‘plamlari, shuningdek, ilmiy-ommabop va boshqa yuridik adabiyotlar nashr etish rejalarini ishlab chiqadi va nashr etilishini tashkil etadi

    5. jamiyatni huquqiy axborot bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish dasturlari va tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi

    6. adliya organlari va muassasalari uchun huquqiy axborotni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilishning dasturiy-texnik vositalari va texnologiyalari joriy etilishini tashkil qiladi

    7. adliya organlari va muassasalarini zarur qonunchilik materiallari bilan ta’minlash choralarini ko‘radi

    8. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasini yaratish va saqlashni tashkil qiladi, yuridik va jismoniy shaxslarning ulardan belgilangan tartibda foydalanishini ta’minlaydi

    9. huquqiy axborotlar davlatlararo almashinishini amalga oshiradi

    10. kodekslar va qonun hujjatlari to‘plamlarini, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilishning rasmiy manbai hisoblangan "O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami" rasmiy nashr etilishini tashkil etadi

    11. davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning normativ-huquqiy hujjatlarni nashr etish, qonun hujjatlari ma’lumotlarining elektron bazasini yaratish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshiradi

    12. tegishli davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish va tarqatish, qonun hujjatlari ma’lumotlarining elektron bazasini yaratish qoidalarini belgilaydi, ularning ijro etilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi




  • sudlar faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash, shuningdek sud hujjatlari va boshqa davlat organlari hujjatlari ijrosini ta’minlash sohasida:

    1. sudlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda ularni moliyalashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi

    2. sudlarning binolarini qurish va ta’mirlashga, sudlarning faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga ajratilgan mablag‘lar samarali o‘zlashtirilishini ta’minlaydi

    3. sudlar va sud jarayonlarining xavfsizligini ta’minlash ishlarini tashkil etadi

    4. sudlarning faoliyatini ta’minlash, ularning amaldagi mustaqilligini mustahkamlash masalalari bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa organlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi

    5. sud hujjatlari va boshqa davlat organlari hujjatlari ijrosini ta’minlashning samarali mexanizmlarini yaratadi




  • huquqiy xizmat ko‘rsatishning davlat tomonidan tartibga solinishini amalga oshirish sohasida

    1. notariat va fuqarolik holati dalolatnomalarini ro‘yxatga olish faoliyatini tashkil etish bo‘yicha:

      • davlat notarial idoralarini ochadi va tugatadi, notarius lavozimini ta’sis etadi va tugatadi

      • notariuslar faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi

      • davlat notarial idoralari va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar idoralarining davlat reyestrini yuritadi

      • stajer notariusning stajirovkani o‘tash tartibini, notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga litsenziya berish tartibini belgilaydi, malaka va apellatsiya komissiyalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi

      • chet elda foydalanish uchun mo‘ljallangan hujjatlardagi notariuslar imzosining va ular muhri ko‘chirmasining haqiqiyligini tasdiqlaydi, notariat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa funksiyalarni bajaradi

      • notariuslar tomonidan xizmat majburiyatlarining, shu jumladan notarial ish yurituv qoidalarining bajarilishi yuzasidan belgilangan tartibda nazorat olib boradi, ularning ishini tahlil qiladi va umumlashtiradi

      • notarial ish yuritish qoidalarini, davlat notarial idoralari notariuslari va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig‘ini raislari (oqsoqollari) tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomalarni, notarial harakatlar, tasdiqlovchi yozuvlar va guvohnomalarni ro‘yxatga olish reyestrlari shaklini tasdiqlaydi, O‘zbekiston Respublikasining "Notariat to‘g‘risida"gi Qonunida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi

      • fuqarolik holati dalolatnomalarini ro‘yxatga olishni tashkil qiladi, FHDYO organlari faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi va ularni nazorat qiladi

      • FHDYO organlarini tashkil qiladi, qayta tashkil qiladi va tugatadi, ularning ishini tekshiradi, tahlil qiladi va umumlashtiradi

      • FHDYO va notariat idoralari xodimlari tomonidan fuqarolarga huquqiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi;

      • fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish blankalari namunalarini tasdiqlaydi

      • FHDYO organlarini va O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi konsullik muassasalarini qat’iy hisobdagi gerbli guvohnomalar blankalari bilan ta’minlaydi

      • notariat va FHDYO organlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek ushbu organlar uchun ko‘rsatmalar va metodik tushuntirishlar beradi

Download 49.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling