Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


Download 0.5 Mb.
bet276/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

32414-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish
Kassatsiya shikoyati (protesti) quyidagi hollarda ko‘rib chiqilmasdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ajrimi bilan qaytariladi, agar u:
1) kassatsiya instansiyasi sudiga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;
2) ushbu Kodeksning 32413-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa;
Oldingi tahrirga qarang.
(32414-modda birinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-716-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
4) ish kassatsiya tartibida ko‘rilishi lozim bo‘lmasa;
5) shikoyat (protest) belgilangan muddat o‘tkazilib berilgan bo‘lsa;
6) shikoyatni (protestni) chaqirib olish to‘g‘risida ariza kelib tushgan bo‘lsa.
Oldingi tahrirga qarang.
Shikoyat (protest) bergan shaxs ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
(32414-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-716-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
32415-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni talab qilib olish
Kassatsiya shikoyatini o‘rganib chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni suddan talab qilib olishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, uning o‘rinbosarlari ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rishga asoslar mavjudligi to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni suddan talab qilib olishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar, shuningdek ularning o‘rinbosarlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning murojaati mavjud bo‘lgan taqdirda, kassatsiya protesti keltirish masalasini hal etish uchun ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni suddan talab qilib olishga haqli.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling