Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-§. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish


Download 0.5 Mb.
bet275/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

2-§. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish
32410-modda. Kassatsiya tartibida sud hujjatlarini qayta ko‘rish
Kassatsiya tartibida birinchi instansiya sudining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha apellatsiya tartibida ko‘rilgan qarorlari va apellatsiya instansiyasi sudining qarorlari qayta ko‘rilishi mumkin.
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar kassatsiya tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘riladi.
32411-modda. Kassatsiya shikoyati berish (protest keltirish) huquqi
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha o‘ziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organ sud hujjatlari ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar, shuningdek ularning o‘rinbosarlari sud hujjatlari ustidan kassatsiya tartibida protest keltirishga haqli.
32412-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) berish tartibi va muddati
Kassatsiya shikoyati (protesti) bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi.
Kassatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilgan kundan e’tiboran olti oy ichida berilishi mumkin.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddat o‘tkazib yuborilgan hollarda, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyati (protesti) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga asosan, agar uni o‘tkazib yuborish sabablarini uzrli deb topsa, o‘tkazilgan muddatni tiklashga haqli bo‘lib, bu haqda ajrim chiqariladi.
32413-modda. Kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni
Kassatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) shikoyat (protest) berilayotgan sudning nomi;
2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi va ishdagi protsessual holati;
3) birinchi, apellatsiya instansiyasida ishni ko‘rgan sudlar, shuningdek ular tomonidan qabul qilingan qarorlar mazmuni;
Oldingi tahrirga qarang.
4) shikoyat berilayotgan (protest bildirilayotgan) sud hujjatlari va sud ishining raqami;
(32413-modda birinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-716-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
5) sud hujjatini kassatsiya tartibida qayta ko‘rish uchun asoslar, bunday asoslar mavjudligini tasdiqlovchi vajlarni keltirgan holda;
6) shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosi.
Kassatsiya shikoyati (protesti) shikoyat (protest) berayotgan shaxs tomonidan imzolanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(32413-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-716-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling