Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


Download 0.5 Mb.
bet271/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

XXIV1 BOB. JINOYAT IShLARI BO‘YIChA SUDNING MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO‘G‘RISIDAGI ISh YuZASIDAN QARORINI (AJRIMINI) QAYTA KO‘RISh BO‘YIChA ISh YuRITISh
(XXIV1 bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1-§. Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish
3241-modda. Apellatsiya shikoyati (protesti) berish tartibi
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan o‘ziga nisbatan sudning qarori chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organ birinchi instansiya sudining qarori ustidan apellatsiya shikoyati berishga, prokuror esa protest keltirishga haqli.
Sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan shikoyat (protest) ish bilan birga uch sutka ichida apellatsiya instansiyasi sudiga yuborilishi lozim.
Sudning ma’muriy qamoqqa olish yoki ma’muriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat (protest) apellatsiya instansiyasi sudiga shikoyat (protest) olingan kuni yuborilishi lozim.
Apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudining nomiga yo‘llanadi, lekin ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qarorni chiqargan sudga beriladi.
3242-modda. Apellatsiya tartibida ishlarni qayta ko‘ruvchi sudlar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish natijalari yuzasidan birinchi instansiya bo‘yicha chiqarilgan qarorlarning qonuniyligi, asoslantirilganligi va adolatliligini apellatsiya tartibida tekshiradi.
3243-modda. Apellatsiya shikoyati (protesti) berish muddatlari
Birinchi instansiya sudining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) qaror o‘qib eshittirilgan kundan e’tiboran yigirma sutka ichida, o‘ziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs va jabrlanuvchi tomonidan esa, qarorning ko‘chirma nusxalari ularga topshirilgan yoki ular tomonidan ushbu ko‘chirma nusxalar olingan kundan e’tiboran xuddi shu muddatda berilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddat o‘tkazib yuborilgan taqdirda, apellatsiya shikoyati (protesti) beruvchi shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra, qarorni chiqargan sud, agar muddatning o‘tkazib yuborilganligi sabablarini uzrli deb topsa, o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashga haqli bo‘lib, bu haqda ajrim chiqariladi.
Sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash haqidagi iltimosnomani rad qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, uning ustidan xususiy shikoyat (xususiy protest) berilishi mumkin.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling