Jismoniy tarbiya tizimi rivojlanishining tarixan qonuniyligi


Download 230.41 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.11.2023
Hajmi230.41 Kb.
#1739342
Bog'liq
Mamurov Asadbek Elyorj on o’g’li



Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Научный импульс» Октябрь, 2022
139 
JISMONIY TARBIYA TIZIMI RIVOJLANISHINING TARIXAN QONUNIYLIGI 
Mamurov Asadbek Elyorjon o’g’li 
QDPI Jismoniy madaniyat fakulteti 3-bosqich talabasi 
Annotatsiya: Afsonalar, rivoyatlar, og’zaki naqllar, madaniy ashyolar va turmush 
predmetlari, rasmlar, qoyaga o’yilgan tasvirlar, ilmiy ekspeditsiyalar paytida topilgan 
haykalchalar qadimgi odamning madaniyati, shu jumladan, jismoniy tarbiyasi haqida 
ma’lumotlarga ega bo’lasiz. 
Kalit so’zlar: Jismoniy tarbiya, afsonalar, rivoyatlar, og’zaki naqllar, madaniy ashyolar, 
turmush predmetlari, rasmlar, qoyaga o’yilgan tasvirlar, ilmiy ekspeditsiya, haykalchalar, 
qadimgi madaniyati. 
Afsonalar, rivoyatlar, og’zaki naqllar, madaniy ashyolar va turmush predmetlari, 
rasmlar, qoyaga o’yilgan tasvirlar, ilmiy ekspeditsiyalar paytida topilgan haykalchalar 
qadimgi odamning madaniyati, shu jumladan, jismoniy tarbiyasi haqida ham mulohaza 
yuritishga imkon beradi. 
Jismoniy tarbiya masalasini tatbiq qilgan olimlar bu kuzatish va tekshirishlar natijasida 
mashq qilish qadimgi dunyo odamlariga ham xos bo’lgan degan fikrni bildirmoqdalar. 
Jismoniy mashqlar mehnat va harbiy faoliyat asosida vujudga kelgan. Jismoniy tarbiya esa 
jangchi va ovchining tayyorgarlik zaruriyati bilan uzviy bog’langan. Tarbiyani, shu jumladan, 
jismoniy tarbiyani mustaqil faoliyat sohasiga ajratish faqat ijtimoiy mehnat tufayligina 
mumkin bo’lib qoldi. Jismoniy tarbiya tizimining vujudga kelishi uchun jamiyatning 
ma'naviymadaniyati va yuqori darajada moddiy ta'minoti zarur. 
Ibtidoiy jamoa tuzumida jismoniy tarbiya tizimining faqatgina kurtagi vujudga keldi. 
O’sha davrda har bir insonning jismoniy tayyorgarligiga talab juda katta bo’lgan edi, og’ir 
turmush sharoiti esa jismoniy tayyorgarlikka ehtiyojni talab qilardi. Ammo o’sha davrlarda 
tizimni yaratish uchun turmushning past moddiy darajasi imkon bermasdi. Quldorlik tuzumi 
jismoniy tarbiyaning g’alati tizimini tug’dirdi va bugun insoniyat odamning uyg’un jismoniy 
rivojlanishiga qaratilgan qadimgi allomalar tizimi bilan mag’rurlanishga haqlidir. Biroq bu 
tizim mutlaqo o’z sinfiga - quldorga xizmat qilgan edi. 
Ajoyib o’yingohlar, gimnaziyalarda faqat ular uchun mumkin bo’lgan barcha o’yinlar 
o’tkazilardi. Katta miqdordagi qullarni bo’ysundirishlari, ushlab turishlari uchun quldorlar 
har tomonlama kuchli bo’lishlari kerak edi. Feodalizm tuzumi jismoniy tarbiyaning o’z 
tizimini yaratdi. Jismoniy tarbiyaning eng aniq maqsad bilan ifodalangan harbiy hayotga 
tayyorlovchi ritsarlar va dvoryanlar tabaqasi vujudga keldi.Jismoniy tarbiya sohasidagi 
ziddiyat shundan iborat bo’ldiki, mehnatkashlar salomatligi va jismoniy rivojlanishiga 
g’amxo’rlik qilish hokimiyatni sira ham qiziqtirmadi. Ammo ularga epchil, kuchli, mohir 
soldatlar kerak edi. Sanoat korxonalariga ham unumli ishlaydigan layoqatli odamlar zarur 
edi. 


Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Научный импульс» Октябрь, 2022
140 
Kapitalistlar jismoniy tarbiya va, ayniqsa, sportdan o’zlarining g’oyalarini targ’ib qilish 
uchun, ya'ni yoshlarni siyosiy kurashdan chalg’itish maqsadida foydalanishdi. Bu davrda 
jismoniy tarbiyaning o’ziga xos xalq uslublari va amaliyoti mavjud edi. Garchi, qonuniy uyg’un 
tizim tarkib topgan bo’lmasa-da, burjua jamiyati tipida tenglik, ozodlik, birodarlik 
tamoyillariga asoslangan ijtimoiy qayta tuzish g’oyasi pishib yetildi. 
Buyuk gumanistlar, sotsial-utopistlar g’oyasi jismoniy tarbiyaga ham tarqaldi. Xususan, 
rus revolyusion-demokratlari g’oyasi P.F.Lesgaftning jismoniy ta'lim nazariyasida juda katta 
rol o’ynadi. Biroq 60 kapitalistik jamiyatda ilg’or insonparvar g’oyalar faqat nazariya 
darajasida bo’lishi mumkin edi. Chunki har qanday tarbiya tizimini amalga oshirishda (shu 
jumladan, jismoniy tarbiyada ham) moddiy asos, mablag’lar, harakat hukumatning qo’llab-
quvvatlashini talab qiladi. 
Chor Rossiyasida jismoniy tarbiya tizimi qoloqligi, o’quv yurtlarida jismoniy tarbiya 
bo’yicha Davlat dasturining, mutaxassislarning yo’qligi bilan farq qiladi. Jismoniy tarbiyani 
rivojlantirish maqsadida tasodifan chet el tizimining unsurlaridan foydalanildi va o’z 
xalqining jismoniy tarbiyasiga ahamiyat berilmadi. Bu halq jahonga taniqli atletlar – Ivan 
Poddubniy, Ivan Zaykin, Nikolay Panin-Kolomenkin, Nikolay Strunnikov va boshqalarni 
“sovg’a” qildi. 
Jismoniy tarbiya tizimining vujudga kelishi turli xarakterdagi qiyinchiliklar bilan bog’liq. 
1. Insoniyat jamiyati tarixida birinchi marta jismoniy tarbiya tizimi oldiga ko’lami 
bo’yicha shunday ulkan maqsad – ilg’or mutafakkirlarning jamiyadagi barcha a'zolarni uyg’un 
rivojlantirish orzularini hayotga har tomonlama tatbiq etish vazifasi qo’yildi. 
2. So’nggi asr o’rtalarida rivojlanish yo’lini tanlashda jismoniy tarbiya ishlarini yoshlarga 
taqdim etilishi, burjua turidagi klublar tashkil qilinishi bilan bog’liq bo’ldi. 
3. Mamlakatda og’ir iqtisodiy holat va moddiy bazaning yo’qligi qiyinchilik bilan 
bog’langan. Jahon amaliyotida bo’lmagan yangi jismoniy tarbiya tizimini yaratish talab 
qilinardi. 
Jismoniy tarbiyaning yangi tizimini nazariy asoslash ishida yirik mutaxassis 
P.F.Lesgaftning jismoniy ma'lumot to’g’risidagi ilg’or ta'limoti muhim rol o’ynaydi. Jismoniy 
tarbiya tizimi O’zbekiston Respublikasida tinch qurilish ishi bilan band bo’lgan kishilarning 
jismoniy va ma'naviy qobiliyatlarini uyg’un ravishda rivojlantirishdek olijanob maqsadga 
xizmat qiladi. Jismoniy madaniyat bilan muloqotda bo’lish, undan foydalanish, uning 
vositalarini o’zlashtirish, jamiyatga uning qimmatbaho boyliklarini berish va ko’paytirish 
ko’pqirrali ishdir. Bularni amalga oshirishda birinchi darajali rolni “jismoniy tarbiya tizimi” 
o’ynaydi. 

Download 230.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling