‘’jismoniy tarbiya nazariyasi vametodikasi ‘’fanidan tayyorlagan taqdimoti mavzu: Jismoniy tarbiya tizimi rivojlanishining tarixan qonuniyligi reja


Download 98.56 Kb.
bet1/5
Sana28.12.2022
Hajmi98.56 Kb.
#1017598
  1   2   3   4   5
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI TAQDIMOT2022

Namangan Davlat Universiteti

Sirtqi (maxsus sirtqi ) Jismoniy madaniyat

yo’nalishi S-JSM-AU-19 – guruh talabasi ABDUSAMIYEV XUDOBERDINING

‘’JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VAMETODIKASI ‘’fanidan tayyorlagan

TAQDIMOTI

Mavzu: Jismoniy tarbiya tizimi rivojlanishining tarixan qonuniyligi REJA:

1.Jismoniy tarbiya tizimining rivojlanish tarixi.

2.Jismoniy tarbiya tizimining vujudga kelishi.

3.Jismoniy tarbiyaning umumiy tizimi.

Mavzu: Jismoniy tarbiya tizimi rivojlanishining tarixan qonuniyligi

Afsonalar, rivoyatlar, og’zaki naqllar, madaniy ashyolar va turmush predmetlari, rasmlar, qoyaga o’yilgan tasvirlar, ilmiy ekspeditsiyalar paytida topilgan haykalchalar qadimgi odamning madaniyati, shu jumladan, jismoniy tarbiyasi haqida ham mulohaza yuritishga imkon beradi. Jismoniy tarbiya masalasini tatbiq qilgan olimlar bu kuzatish va tekshirishlar natijasida mashq qilish qadimgi dunyo odamlariga ham xos bo’lgan degan fikmi bildirmoqdalar. Jismoniy mashqlar mehnat va harbiy faoliyat asosida vujudga kelgan. Jismoniy tarbiya esa jangchi va ovchining tayyorgarlik zaruriyati bilan uzviy bog’langan. Tarbiyani, shu jumladan, jismoniy tarbiyani mustaqil faoliyat sohasiga ajratish faqat ijtimoiy mehnat tufayligina mumkin bo’lib qoldi.

Jismoniy tarbiya tizimining vujudga kelishi uchun jamiyatning ma'naviy-madaniyati va yuqori darajada moddiy ta'minoti zarur Ibtidoiy jamoa tuzumida jismoniy tarbiya tizimining faqatgina kurtagi vujudga keldi. O’sha davrda har bir insonning jismoniy tayyorgarligiga talab juda katta bo’lgan edi, og’ir turmush sharoiti esa jismoniy tayyorgarlikka ehtiyojni talab qilardi. Ammo o’sha davrlarda tizimni yaratish uchun turmushning past moddiy darajasi imkon bermasdi.

Quldorlik tuzumi jismoniy tarbiyaning g’alati tizimini tug’dirdi va bugun insoniyat odamning uyg’un jismoniy rivojlanishiga qaratilgan qadimgi allomalar tizimi bilan mag’rurlanishga haqlidir. Biroq bu tizim mutlaqo o’z sinfiga - quldorga xizmat qilgan edi. Ajoyib o’yingohlar, gimnaziyalarda faqat ular uchun mumkin bo lgan barcha o’yinlar o’tkazilardi. Katta miqdordagi qullami bo’ysundirishlari, ushlab turishlari uchun quldorlar har tomonlama kuchli bolishlari kerak edi.


Download 98.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling