MI 303(KECHKI)-GURUH TALABASI Tangirov shahzod Shialik so’zining ma’nosi: - Shia (shi’a) soʻzi arab tilidan tarjima qilinganda "izdosh" yoki "tarafdor" degan maʼnoni anglatadi.
- Shialik (arabcha: شيعة shi’a — guruh, tarafdorlar) — islomdagi yoʻnalishdan biri. Ushbu diniy sekta vakillari Ali ibn Abu Tolib (Muhammad paygʻambarning amakivachchasi, kuyovi, sahobasi va oʻrinbosari) hamda uning avlodlarini Muhammad paygʻambarning qonuniy merosxoʻrlari va diniy jihatdan davomchilari deb hisoblashadi.
Davlatlar aholisi tarkibi islom dinida eʼtiqod qiluvchi 10% Yashil: sunniy mintaqalar, Qizil: shia mintaqalar, Koʻk: Ibodiylar (Ummon) Ushbu soʻz Qurʼonda ham mavjud boʻlib, Ibrohim paygʻambar „Nuh payg‘ambarning shiasi, yaʼni tarafdori va izdoshi“ deb aytilgan. - Ushbu soʻz Qurʼonda ham mavjud boʻlib, Ibrohim paygʻambar „Nuh payg‘ambarning shiasi, yaʼni tarafdori va izdoshi“ deb aytilgan.
- ﴿وَإِنَّ مِنْ شِيعَتِهِ لَإبْرَاهِيمَ﴾
- „Haqiqatan, Ibrohim ham u [Nuh]ning tarafdorlaridandir“.
- (Saffot surasi, 83-oyat)
- „Shia“ so‘zi istilohda musulmonlarning shunday bir guruhiga aytiladiki, ularning eʼtiqodi bo‘yicha, Muhammad rasululloh o‘zlaridan keyin o‘rinbosar va xalifani tayinlab ketganlar. Jumladan; milodiy 632-yil Zulhijja oyining 18-kuni „Gʻadiyr Xum“ degan joyda butun musulmonlarning ko‘z o‘ngida o‘zlaridan keyingi siyosiy, diniy va ilmiy rahbarni tayin etganlar va bu inson Ali dir.
Muhammad paygʻambarning vafotlaridan so‘ng musulmonlar — muhojir va ansorlarning ikkiga bo‘linishiga quyidagilar sabab boʻlgan: - Bir guruh musulmonlar Muhammad xalifalik (oʻrinbosarlik) masalasiga eʼtiborsiz bo‘lmay, o‘zlaridan so‘ng Islom ummatiga rahbar va yo‘lboshchi tayin etganlar, deb iymon va ishonch hosil qilishgan, u ham bo‘lsa payg‘ambarga eng birinchi iymon keltirgan inson — Ali ibn Abi Tolibdir. Ushbu guruh muhojir va ansordan tashkil topgan insonlar bo‘lib, ularning boshliqlari Bani Hoshim avlodlari va boshqa buyuk sahobalardir. Chunonchi; Ammor ibn Yosir, Salmon Forsiy, Abu Zar Gʻiforiy, Miqdod ibn Asvad, Hubob ibn Arat va boshqalar ushbu guruhdan edilar. Bular rasulullohning ko‘rsatgan yo‘llarida qolib, hazrati Aliga ergashganliklari sababli "Shiy’atun Ali" („Alining shiasi“) deb nom oldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |