Islomda shialik qarashlari
Shialik yoʻnalishidagi musulmonlarning dunyoqarashi, taʼbir joiz bo‘lsa, ularning borliq va voqelikka nisbatan bo‘lgan g‘oyasi boshqa toifadagi musulmonlardan farqlanib, ular dinning quyidagi asoslari
Download 1.07 Mb.
|
Islomda shialik qarashlari
Shialik yoʻnalishidagi musulmonlarning dunyoqarashi, taʼbir joiz bo‘lsa, ularning borliq va voqelikka nisbatan bo‘lgan g‘oyasi boshqa toifadagi musulmonlardan farqlanib, ular dinning quyidagi asoslariga yondashadilar:
Ahli-Bayt mazhabiga bo‘yin eggan musulmonlarning aqiydasi bo‘yicha, yuqorida zikr qilingan dinning asoslari islom olamidagi eʼtiqodning negizini tashkil etishi shubhasizdir. Shu bois, islomdagi boshqa mazhablarning eʼtiqodida o‘rin topgan din asoslaridan farqli ravishda Ahli-Bayt mazhabining eʼtiqod majmuida Allohning odilligi va imomat ham aqoid asoslaridan hisoblanadi.
Ularning taʼlimotiga koʻra, rahbar jamoa tomonidan saylanmay, rahbarlik meros sifatida oʻtadi. Imomlik paygʻambarlik kabi ilohiy mansab hisoblanadi. Shialikka koʻra, paygʻambar vafotidan keyin xalifalikka Abu Bakr tayinlanadi. Shialik tarafdorlari (shialar) sunniylar kabi Qurʼonni ilohiy deb eʼtirof etadi, lekin ularning ayrim oʻta reaksion ruhdagi vakillari xalifalar davrida Qurʼonning ayrim qismlari tushirib qoldirilgan deb hisoblaydi. Shialik ilohiyotchilari Qurʼonning mazmunini majoziy sharhlash orqali oʻz taʼlimotlarini asoslaydi. Ular faqat Ali va uning avlodlari tomonidan rivoyat qilingan hadislarni tan oladi. Bunday hadislardan iborat toʻplam tuzilib, u axbor deb atalgan. shahrida 8 ta aqidaga eʼtiqod qilinadi. Bular — tavhid (Allohning yagonaligini eʼtirof etish), adl (adolat, Allohning odilligi, yaʼni taqdir aqidasi), nubuvvat (paygʻambarlik), imomat (imomlik — imomlar hokimiyatini eʼtirof etish), Amri maʼruf (yaxshilikka buyurish), Nahyi munkar (yomonlikdan qaytarish), tavallo (Alloh doʻstlarini doʻst tutish), tabarro (Alloh dushmanlaridan uzoqlanish).
Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling