Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-modda. Valyuta va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish tartibini buzish


Download 0.5 Mb.
bet116/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

171-modda. Valyuta va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish tartibini buzish
Valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va banklar xodimlarining chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklardagi valyuta schyotlariga yashirib qolish maqsadini ko‘zlamay turib vaqtida yoxud to‘liq o‘tkazilmaslik —
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravaridan o‘n ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(171-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Valyuta tushumining bir qismini qonunchilikda belgilab qo‘yilgan tartibda va miqdorlarda majburiy sotishdan bo‘yin tovlash —
(171-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravaridan o‘n ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(171-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibini buzish —
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravaridan o‘n ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(171-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n ikki baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(171-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 20-apreldagi PF-837-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazorati to‘g‘risida nizom”, O‘zbekiston Respublikasi Tovar xom-ashyo birjasida chet el valyutasida tuzilgan eksport shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, hisob-kitoblarni va ularning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqidagi qaror (ro‘yxat raqami 1482).
Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling