Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-modda. Bozorlarda savdo qilish qoidalarini buzish


Download 0.5 Mb.
bet115/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

168-modda. Bozorlarda savdo qilish qoidalarini buzish
Bozorlarda savdo qilish qoidalarini buzish —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismi, mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(168-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
169-modda. Tarkibida kimyoviy moddalarning qoldig‘i yo‘l qo‘yiladigan darajadan ortiq bo‘lgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotish
Tarkibida odamlar va hayvonlar salomatligi uchun zararli bo‘lgan pestitsidlar, mineral o‘g‘itlar va boshqa kimyoviy moddalarning qoldiq miqdori yo‘l qo‘yilishi mumkin deb belgilangan darajadan ortiq ekanligini bila turib qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, xuddi shuningdek zaharli yovvoyi o‘simliklarni, ularning hosilini, mevalarini, urug‘larini, barglari va ildizlarini bozorlarda sotish —
Oldingi tahrirga qarang.
mahsulotlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(169-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
mahsulotlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan to‘rt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(169-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
170-modda. Valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish —
(170-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
valyuta boyliklari musodara qilinib, o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq o‘ziga nisbatan ma’muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(170-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-734-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/734/1113-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-573-sonli “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2004-yil 1-martdagi 249-V, 01-02/19-16-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqish tartibi to‘g‘risida nizom.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling