Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


Download 0.5 Mb.
bet125/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

1761-modda. Shartnoma intizomini buzish
Shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik oqibatida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga mulkiy zarar yetkazish —
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(1761-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 670-I-sonli “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sud Plenumining 2002-yil 4-martdagi 103-sonli “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi qonunini xo‘jalik sudlari amaliyotida qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 10-bandi.
LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
Oldingi tahrirga qarang.
1762-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektning manzili, bank rekvizitlari o‘zgarganligi yoki qayta ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etmaslik yoki yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etish
Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan pochta manzili (joylashgan yeri), bank rekvizitlari o‘zgarganligi to‘g‘risidagi yoki o‘zi qayta ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘n kunlik muddat ichida vakolatli davlat organlariga taqdim etmaslik yoxud yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etish—
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(1762-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”ga 7-ilova Ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) shart bo‘lgan o‘zgartirishlari va qo‘shimchalarining ro‘yxati.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling