Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


Download 0.5 Mb.
bet150/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

1961-modda. Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining qonuniy talablarini bajarmaslik va ularning qonuniy faoliyatiga qarshilik ko‘rsatish
Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish bilan bog‘liq harakatlarni to‘xtatish, shuningdek zarur hujjatlarni taqdim etish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(1961-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining qonuniy talablarini bajarmaslikka har qanday ko‘rinishda omma oldida da’vat etish, ommaviy ravishda bo‘ysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida atayin soxta uydirmalar tarqatish yo‘li bilan chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining o‘z qonuniy faoliyatini amalga oshirishiga qarshilik ko‘rsatish, xuddi shuningdek chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining huquqbuzarliklarni to‘xtatish haqidagi qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(1961-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
(1961-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling