Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-modda. Prokurorning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish va uning talablarini bajarmaslik


Download 0.5 Mb.
bet151/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

197-modda. Prokurorning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish va uning talablarini bajarmaslik
Dalolatnoma va boshqa zarur hujjatlar, materiallar va ma’lumotlar taqdim etishning tekshirishlar va taftishlar o‘tkazishni, mutaxassislar ajratishni rad etishda, prokuraturaga kelishdan, qonunni buzganlik to‘g‘risida tushuntirish berishdan bo‘yin tovlashda ifodalangan prokurorning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish va uning talablarini bajarmaslik, xuddi shuningdek prokuror fikri bildirilgan hujjatlarni ko‘rib chiqmaslik yoki ularni to‘liq hajmda bajarmaslik, shuningdek prokurorning g‘ayriqonuniy qaror qabul qilishiga erishish maqsadida unga qanday shaklda bo‘lmasin biron bir ta’sir ko‘rsatganlik —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(197-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 257-II-sonli “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuni 6-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
1971-modda. Advokatning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Advokat so‘roviga axborotni (hujjatlarni) taqdim etmaslikda, o‘z vaqtida taqdim etmaslikda yoxud bila turib yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborot (hujjatlar) taqdim etishda ifodalangan tarzda advokatning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilish, shuningdek advokatning ishda ishtirok etishiga to‘sqinlik qilish yoki uning ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) manfaatlariga zid bo‘lgan vaziyatni majburan egallashiga erishish maqsadida advokatga qanday shaklda bo‘lmasin ta’sir o‘tkazish —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(1971-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuni 10-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonuni 6-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling