Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-modda. Tugaganidan so‘ng shaxs ma’muriy jazoga tortilmagan deb hisoblanadigan muddat


Download 0.5 Mb.
bet18/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

37-modda. Tugaganidan so‘ng shaxs ma’muriy jazoga tortilmagan deb hisoblanadigan muddat
Basharti ma’muriy jazoga tortilgan shaxs shu jazoni o‘tash muddati tugagan kundan boshlab bir yil mobaynida yangi ma’muriy huquqbuzarlik sodir etmagan bo‘lsa, mazkur shaxs ma’muriy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi.
38-modda. Etkazilgan zararni qoplash majburiyatini yuklash
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida keltirilgan zararni qoplashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Basharti ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish oqibatida jismoniy shaxsga, korxona, muassasa, tashkilotga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki davlatga yetkazilgan mulkiy zarar belgilab qo‘yilgan bazaviy hisoblash miqdoridan ko‘p bo‘lmasa, organ (mansabdor shaxs) jazo qo‘llanish paytida aybdor bu zararni qoplashi to‘g‘risidagi masalani ham hal etishga haqlidir, jinoyat ishlari bo‘yicha sud esa — bu masalani yetkazilgan zarar miqdoridan qat’i nazar hal qilaveradi.
(38-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
Boshqa hollarda ma’muriy huquqbuzarlik natijasida yetkazilgan mulkiy zararni qoplash fuqarolik-huquqiy tartibida hal qilinadi.
39-modda. Bajarilmaganligi uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgan vazifani ijro etish
Ma’muriy jazoni qo‘llanish ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni bajarilmaganligi uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgan vazifani bajarishdan ozod etmaydi.
MAXSUS QISM
V bob. FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARIGA TAJOVUZ QILADIGAN HUQUQBUZARLIKLAR UChUN MA’MURIY JAVOBGARLIK
40-modda. Tuhmat
Tuhmat, ya’ni bila turib yolg‘on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(40-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling