Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni fuqarolarning tengligi asosida ko‘rib chiqish


Download 0.5 Mb.
bet238/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

272-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni fuqarolarning tengligi asosida ko‘rib chiqish
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish barcha fuqarolarning jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyi, irqi, millati, tili, dini va e’tiqodidan qat’i nazar, qonun oldida va shu ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) oldida tengligi asosida ko‘rib chiqiladi.
273-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuritiladigan til
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda yuritiladi. Ish yuritilayotgan tilni bilmaydigan ish ishtirokchilariga tarjimon orqali ish materiallari bilan to‘liq tanishish va ishni mohiyati bo‘yicha ko‘rib chiqish chog‘ida qatnashish huquqi, shuningdek o‘z ona tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi.
274-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishning ochiq ko‘rilishi
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ochiq ko‘riladi.
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishning tarbiyaviy va ogohlantiruvchi rolini oshirish maqsadida bunday ishlar huquqbuzarning ish, o‘qish joyidagi jamoalarida yoki yashash joyida ko‘rib chiqilishi mumkin.
275-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish chog‘ida qonunlarning ijrosi ustidan prokuror nazorati
Prokuror ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish chog‘ida qonunlarning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirar ekan:
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga;
ish materiallari bilan tanishib chiqishga;
ish yuritish vaqtida organlar (mansabdor shaxslar)ning harakatlari qonuniyligini tekshirishga;
ishni ko‘rib chiqishda qatnashishga;
ishni ko‘rib chiqish vaqtida vujudga kelgan masalalar xususida iltimosini bayon etishga, xulosalar berishga;
ma’muriy huquqbuzarliklar uchun tegishli organlar (mansabdor shaxslar) ta’sir ko‘rsatish choralarini to‘g‘ri qo‘llanganligini tekshirishga;
Oldingi tahrirga qarang.
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qabul qilingan qarorga yoki shikoyat yuzasidan chiqarilgan qarorga protest keltirishga;
(275-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
qonunda nazarda tutilgan boshqa harakatlar qilishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Kokstitutsiyasining 118-moddasi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling