2684-modda. Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish organlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksning 99-moddasida (yo‘l-qurilish sohasidagi qonunchilikni buzishga oid qismi), 147-moddasining birinchi qismida (avtomobil yo‘llarini o‘zboshimchalik bilan qazish, ularda sun’iy notekisliklar va to‘siqlar yaratish, avtomobil yo‘lida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, shuningdek yo‘llarni saqlash qoidalarini buzish) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
(2684-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
(2684-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 22-yanvardagi O‘RQ-603-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son — 2020-yil 24-apreldan kuchga kiradi)
TO‘RTINChI BO‘LIM
MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO‘G‘RISIDAGI IShLARNI YuRITISh
XIX bob. UMUMIY QOIDALAR
269-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish vazifalari: har bir ishning holatini o‘z vaqtida, har tomonlama, to‘la va obyektiv ravishda aniqlab chiqishdan, bu ishni qonunchilikka muvofiq holda hal etishdan, chiqarilgan qarorning ijrosini ta’minlashdan, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish sabablari va bunga olib kelgan shart-sharoitlarni aniqlashdan, huquqbuzarliklarning oldini olishdan, fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashdan, qonuniylikni mustahkamlashdan iboratdir.
(269-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |