Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-modda. Davlat statistika organlari


Download 0.5 Mb.
bet233/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

267-modda. Davlat statistika organlari
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi organlariga ushbu Kodeksning 215-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining raisi va uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar statistika boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, tumanlar, shaharlar statistika bo‘limlarining boshliqlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga haqlidir.
(267-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2671-modda O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-14-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 51-son, 374-modda)
268-modda. Davlat probir nazorati organlari
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi organlariga ushbu Kodeksning 219-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining boshlig‘i asillik darajasining davlat nazorati organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga haqlidir.
(268-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 23-avgustdagi O‘RQ-710-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 03/21/710/0815-son — 2021-yil 25-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
2681-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlari
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlariga ushbu Kodeksning 2151 va 2156-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlar taalluqlidir.
(2681-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-yanvardagi O‘RQ-666-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga quyidagilar haqli:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori hamda uning o‘rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravarigacha miqdorda;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmalari rahbarlari hamda ularning o‘rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga.
(2681-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling