Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
-modda. Suv transportida harakat xavfsizligi qoidalarini buzish
Download 0.5 Mb.
|
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi
118-modda. Suv transportida harakat xavfsizligi qoidalarini buzish
Suv transporti sohasida kemalarning portga kirishi va portdan chiqishi, port suvlarida kemalarning harakati va turishi hamda shatakka olinishi qoidalarini yoxud signal chiroqlari berish, tovush signallar, shuningdek ko‘rilma va kunduzgi signallar almashinishning belgilangan tartibini buzish yoki kema yo‘liga baliq tutish qurilmalarini o‘rnatish — Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (118-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Port suvlarida tegishli ruxsati bo‘lmay turib g‘avvoslik ishlarini bajarish, shunday ishlarni olib borgan chog‘da signallar berish qoidalariga rioya qilmaslik — Oldingi tahrirga qarang. mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (118-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Suv transportida xavfsizlikni ta’minlovchi signal va aloqa inshootlari hamda qurilmalarini shikastlantirish — Oldingi tahrirga qarang. fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (118-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 204-son “Chet el noharbiy kemalari va harbiy kemalarning O‘zbekiston Respublikasi ichki suvlariga, portlariga (reydlariga) kirishi hamda u yerda bo‘lishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori. Oldingi tahrirga qarang. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling