Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-bob. O‘quvchini maktab-internatdan “Muruvvat” internat uyiga o‘tkazish


Download 163.3 Kb.
bet23/45
Sana07.04.2023
Hajmi163.3 Kb.
#1339368
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45
Bog'liq
“Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid

3-bob. O‘quvchini maktab-internatdan “Muruvvat” internat uyiga o‘tkazish
13. O‘quvchining ota-onasi va maktab-internat rahbariyati maktab-internatda ta’lim olishga layoqatsiz, ruhiyatida sezilarli nuqsonlar mavjud bo‘lgan, doimiy tibbiy-ijtimoiy yordamga muhtoj (etiologiyasi har xil bo‘lgan o‘rtacha darajadagi aqliy zaiflik (og‘irlashgan shakli), og‘ir va chuqur darajadagi aqliy zaiflik va hokazo) nogiron o‘quvchilarni maktab-internatdan “Muruvvat” internat uyiga o‘tkazish tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega.
14. O‘quvchini maktab-internatdan “Muruvvat” internat uyiga o‘tkazish uchun uning ota-onasi o‘tkazish sabablarini, “Muruvvat” internat uyi nomini ko‘rsatgan holda maktab-internat direktoriga ariza bilan murojaat qiladi.
Arizaga bolaning rivojlanish tarixidan mufassal ko‘chirma hamda tibbiyot muassasasi davolovchi vrachining o‘quvchini “Muruvvat” internat uyiga o‘tkazish zarurligi to‘g‘risidagi xulosasi ilova qilinadi.
15. Quyidagi hollarda maktab-internat rahbariyati ota-onalarning yozma roziligini olgan holda o‘quvchini “Muruvvat” internat uyiga o‘tkazish choralarini ko‘rishi lozim:
maktab-internat tibbiyot hamda pedagog xodimlari tomonidan muassasa rahbariyatiga o‘quvchini “Muruvvat” internat uyiga o‘tkazish to‘g‘risida tavsiya berilganda;
tibbiy ko‘rik paytida o‘quvchining fiziologik va jismoniy holatida salbiy o‘zgarishlar aniqlanib, uni “Muruvvat” internat uyiga o‘tkazish lozim deb topilganda.
16. Ota-onalarning arizasi yoki yozma roziligiga asosan ushbu masala maktab-internatning pedagogik kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Pedagogik kengash qaroriga asosan maktab-internat direktori psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaga tegishliligiga ko‘ra quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
bolaning rivojlanish tarixidan mufassal ko‘chirma hamda tibbiyot muassasasi davolovchi shifokorining o‘quvchini “Muruvvat” internat uyiga o‘tkazish zarurligi to‘g‘risidagi xulosasi;
maktab-internat tibbiyot hamda pedagog xodimlarining o‘quvchini “Muruvvat” internat uyiga o‘tkazish to‘g‘risidagi tavsiyanomasi;
o‘quvchining fiziologik va jismoniy holatida salbiy o‘zgarishlar aniqlanganligi haqida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan vrachning xulosasi.
17. Taqdim etilgan hujjatlar psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
18. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning o‘quvchini “Muruvvat” internat uyiga o‘tkazish to‘g‘risidagi xulosasiga muvofiq o‘quvchi ta’lim olayotgan maktab-internat direktori o‘quvchini maktab-internat o‘quvchilari safidan chiqarish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.
19. O‘quvchini maktab-internat o‘quvchilari safidan chiqarish to‘g‘risida buyruq chiqarilgach, uch kun ichida sinf jurnali va o‘quvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
20. “Muruvvat” internat uyiga o‘tkazish uchun maktab-internat o‘quvchilari safidan chiqarilgan o‘quvchining ota-onasiga maktab-internat rahbariyati tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
o‘quvchining maktab-internat o‘quvchilari safidan chiqarilganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma;
o‘quvchining baholar (o‘zlashtirish) tabeli;
o‘quvchining tibbiy kartasi;
maktab-internat tomonidan berilgan psixologik-pedagogik tavsifnoma.

Download 163.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling