Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-bob. Xorijiy davlatda ta’lim olgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini O‘zbekiston Respublikasidagi maktab-internatga o‘tkazish


Download 163.3 Kb.
bet21/45
Sana07.04.2023
Hajmi163.3 Kb.
#1339368
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45
Bog'liq
“Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid

7-bob. Xorijiy davlatda ta’lim olgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini O‘zbekiston Respublikasidagi maktab-internatga o‘tkazish
52. Ota-onalar xorijiy davlatda ta’lim olgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan farzandini O‘zbekiston Respublikasidagi maktab-internatga o‘tkazish huquqiga ega.
53. Xorijiy davlatda ta’lim olgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini O‘zbekiston Respublikasidagi maktab-internatga o‘tkazish amaldagi qonunchilik hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
54. O‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internatga (maktabga) o‘tkazilgan o‘quvchi o‘n kun ichida sababsiz yoki maktab-internat (maktab) rahbariyati va sinf rahbarini xabardor qilmasdan dars mashg‘ulotlariga kelmasa, maktab-internat (maktab) direktori bu haqida ota-onalarni, o‘quvchining yashash joyidagi Bolalar masalalari bo‘yicha hududiy komissiyani hamda o‘quvchi ilgari ta’lim olgan maktab direktorini yozma ravishda ogohlantiradi va bir vaqtning o‘zida o‘quvchining darslarga kelmaganligi sabablarini aniqlash va uni dars mashg‘ulotlariga jalb etish choralarini ko‘radi.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
55. Jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlarni maktab-internat o‘quvchilari safidan chiqarish Bolalar masalalari bo‘yicha hududiy komissiyaning roziligi bilan amalga oshiriladi.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
56. Mazkur Tartib talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi muassasasiga o‘tkazish
TARTIBI
Mazkur Tartib alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilarni (keyingi o‘rinlarda — o‘quvchilar) jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) (keyingi o‘rinlarda — maktab-internat)dan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi muassasasiga o‘tkazishni belgilaydi.

Download 163.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling