Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-bob. O‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazish


Download 163.3 Kb.
bet17/45
Sana07.04.2023
Hajmi163.3 Kb.
#1339368
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45
Bog'liq
“Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid

2-bob. O‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazish
5. O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o‘rinlarda — ota-onalar) o‘z xohishiga ko‘ra o‘quv yili davomida yoki u tugaganidan so‘ng farzandini sinfdan sinfga o‘tkazish huquqiga ega.
6. Ota-onalar farzandini sinfdan sinfga o‘tkazish uchun uning sabablarini ko‘rsatgan holda maktab-internat direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.
7. Maktab-internat direktori arizani qabul qilib olgan kundan boshlab bir ish kuni ichida ko‘rib chiqadi va o‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.
8. Sinfdagi o‘quvchilar soni belgilangan me’yordan ortiq bo‘lgan taqdirda, maktab-internat direktori o‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazishni rad qilishi mumkin.
9. Sinfdan sinfga o‘tkazish rad etilganligi haqida maktab-internat direktori tomonidan uch kun ichida ota-onalarga yozma ravishda ma’lum qilinadi.
10. Maktab-internat direktorining o‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i qabul qilingach, uch kun ichida sinf jurnali va o‘quvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
11. O‘z sinfdoshlariga nisbatan uch va undan ortiq katta yosh farqi bo‘lgan psixik rivojlanishi sust yoki aqli zaif bolalar bir sinfda kamida ikki chorak ta’lim olgach, ularning bilim, ko‘nikma va malaka darajasini inobatga olgan holda maktab-internatning tibbiyot va pedagog xodimlari xulosasi asosida pedagogik kengash qarori bilan faqat bir sinf yuqoriga ko‘chirilishi mumkin.
3-bob. O‘quvchini bir xil turdagi boshqa maktab-internatga o‘tkazish
12. Ota-onalar o‘z xohishiga ko‘ra o‘quv yili davomida yoki u tugaganidan so‘ng farzandini bir maktab-internatdan bir xil turdagi boshqa maktab-internatga o‘tkazish huquqiga ega.
13. Ota-onalar farzandini bir maktab-internatdan bir xil turdagi boshqa maktab-internatga o‘tkazish uchun uning sabablarini ko‘rsatgan holda o‘quvchi ta’lim olayotgan maktab-internat direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.
14. Ariza maktab-internat direktori tomonidan bir ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va o‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internatga taqdim etish uchun maktab-internatdan belgilangan shakldagi ketish taloni beriladi.
15. Ota-onalar farzandi o‘qishni davom ettirishi uchun tanlangan maktab-internat direktoriga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga maktab-internatdan ketish taloni ilova qilinadi.
16. O‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktori ariza va maktab-internatdan ketish talonini qabul qilib olgach, shu kunning o‘zida ota-onalarga o‘quvchi ta’lim olayotgan maktab-internatga taqdim etish uchun maktab-internatga belgilangan shakldagi kelish talonini beradi.
17. O‘quvchi ta’lim olayotgan maktab-internat direktori maktab-internatga kelish talonini qabul qilib olgach, shu kunning o‘zida o‘quvchini maktab-internat o‘quvchilari safidan chiqarish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.
18. Maktab-internat direktori o‘quvchini maktab-internat o‘quvchilari safidan chiqarish to‘g‘risidagi buyruq bilan ota-onalarni tanishtirganligi to‘g‘risida imzo qo‘ydirib, ularga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi va hujjatlar berilganligi to‘g‘risida tilxat oladi:
o‘quvchining maktab-internat o‘quvchilari safidan chiqarilganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma;
o‘quvchining baholar (o‘zlashtirish) tabeli;
o‘quvchining tibbiy kartasi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — xalq ta’limi boshqarmalari) huzurida tashkil etilgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning (keyingi o‘rinlarda — psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya) o‘quvchini maktab-internatga yuborish uchun asos bo‘lgan xulosasi;
xalq ta’limi boshqarmasining o‘quvchini maktab-internatga yuborish to‘g‘risidagi yo‘llanmasi.
19. Ota-onalarning hujjatlarni olganligi haqidagi tilxati, maktab-internatga kelish taloni va o‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktorining o‘quvchining o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyrug‘idan ko‘chirma o‘quvchining maktab-internatda saqlanadigan shaxsiy hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.
20. O‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktori boshqa maktab-internatdan o‘tkazilayotgan o‘quvchining o‘quv jarayonlaridan chetda qolib ketmasligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishi shart.
21. O‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktori mazkur Tartibning 18-bandida belgilangan hujjatlarni qabul qilib olgach, shu kunning o‘zida o‘quvchini maktab-internat o‘quvchilari safiga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqaradi.
22. Maktab-internat direktori o‘quvchini maktab-internat o‘quvchilari safiga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirmani bir ish kuni ichida o‘quvchi ilgari ta’lim olgan maktab-internatga ma’lumot uchun yuboradi.
23. O‘quvchini maktab-internat o‘quvchilari safidan chiqarish to‘g‘risida yoki maktab-internat o‘quvchilari safiga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqarilgach, uch kun ichida sinf jurnali va o‘quvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.

Download 163.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling