Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-bob. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini boshqarish


Download 163.3 Kb.
bet15/45
Sana07.04.2023
Hajmi163.3 Kb.
#1339368
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45
Bog'liq
“Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid

8-bob. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini boshqarish
69. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga bevosita rahbarlik qilish vazirlik bilan kelishgan holda hududiy xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan tayinlanadigan direktor tomonidan amalga oshiriladi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktori bilan bir yil muddatga mehnat shartnomasi tuziladi. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktori bilan mehnat shartnomasi har yili yangidan tuziladi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktori lavozimiga vazirlik hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilangan malakaviy talablar qo‘yiladi.
70. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida pedagogik, metodik hamda kuzatuv kengashlari tashkil etiladi va faoliyat yuritadi. Ularning faoliyati tartibi vazirlik tomonidan belgilanadi.
9-bob. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining mol-mulki va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati
71. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayr-ehsonlari va maqsadli badallari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
72. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tegishli moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida moliyalashtiriladi.
73. Shtatlar jadvali qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi.
74. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi ishchi-xodimlarining ish haqi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
75. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilari ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari uchun oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilishning o‘rtacha sutkalik normalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.
76. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni ta’minlash va o‘qitish qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat ta’minoti asosida amalga oshiriladi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalash uchun ota-onalardan yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslardan to‘lov undirilmaydi.
77. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.
78. Moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Download 163.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling