Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-bob. O‘quvchini boshqa turdagi maktab-internatga o‘tkazish


Download 163.3 Kb.
bet18/45
Sana07.04.2023
Hajmi163.3 Kb.
#1339368
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45
Bog'liq
“Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid

4-bob. O‘quvchini boshqa turdagi maktab-internatga o‘tkazish
24. O‘quvchi psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasiga va aqliy layoqatiga ko‘ra bir maktab-internatdan boshqa turdagi maktab-internatga o‘tkazilishi mumkin.
25. Ota-onalar o‘z xohishiga ko‘ra o‘quv yili davomida yoki u tugaganidan so‘ng farzandini bir maktab-internatdan boshqa turdagi maktab-internatga o‘tkazish huquqiga ega.
26. Ota-onalar farzandini bir maktab-internatdan boshqa turdagi maktab-internatga o‘tkazish uchun uning sabablarini ko‘rsatgan holda xalq ta’limi boshqarmasiga ariza bilan murojaat qiladi.
27. Ariza psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
28. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning ijobiy xulosasi olingach, xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan shu kunning o‘zida ota-onalarga o‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internatga taqdim etish uchun o‘quvchini boshqa turdagi maktab-internatga o‘tkazish to‘g‘risida yo‘llanma beriladi. Yo‘llanma berilganligi haqida o‘quvchi ta’lim olayotgan maktab-internatga xat orqali ma’lum qilinadi.
29. O‘quvchi ta’lim olayotgan maktab-internat direktori xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan yuborilgan xatni olgach, shu kunning o‘zida o‘quvchini maktab-internat o‘quvchilari safidan chiqarish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.
Maktab-internat direktori mazkur buyruq bilan ota-onalarni tanishtirganligi to‘g‘risida imzo qo‘ydirib, ularga mazkur Tartibning 18-bandida belgilangan hujjatlarni taqdim etadi va hujjatlar berilganligi to‘g‘risida tilxat oladi.
30. Ota-onalar xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan berilgan o‘quvchini boshqa turdagi maktab-internatga o‘tkazish to‘g‘risidagi yo‘llanmani psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasi hamda mazkur Tartibning 18-bandida belgilangan hujjatlarni ilova qilgan holda o‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktoriga taqdim etadi. Maktab-internat direktori shu kunning o‘zida o‘quvchini maktab-internat o‘quvchilari safiga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqaradi.
31. Maktab-internat direktori o‘quvchini maktab-internat o‘quvchilari safiga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirmani bir ish kuni ichida o‘quvchi ilgari ta’lim olgan maktab-internatga ma’lumot uchun yuboradi.
32. Ota-onalarning hujjatlarni olganligi haqidagi tilxati, xalq ta’limi boshqarmasining o‘quvchini boshqa turdagi maktab-internatga o‘tkazish to‘g‘risida yo‘llanma berilganligi haqidagi xati va o‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktorining o‘quvchining o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyrug‘idan ko‘chirma o‘quvchining maktab-internatda saqlanadigan shaxsiy hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.
33. O‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktori boshqa maktab-internatdan o‘tkazilayotgan o‘quvchining o‘quv jarayonlaridan chetda qolib ketmasligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishi shart.
34. O‘quvchini maktab-internat o‘quvchilari safidan chiqarish to‘g‘risida yoki maktab-internat o‘quvchilari safiga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqarilgach, uch kun ichida sinf jurnali va o‘quvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.

Download 163.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling