Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
Ta’lim yo‘nalishi turlari va sinflardagi bolalar toifalari
Download 163.3 Kb.
|
“Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quvchilarning minimal soni O‘quvchilarning maksimal soni
- 2. III — IV turlar
- 6. VIII tur
- Ta’lim yo‘nalishlari turlari va bolalar toifalari Tayyorlov sinflaridagi bolalar soni
- Yuqori sinflardagi bolalar soni 1. I-II tur
- 2. III-IV tur
33. Ko‘shimcha sinflarni ochish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlariga muvofiq, hududiy xalq ta’limi boshqarmalarining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar moliya boshqarmalari va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmasining taqdimotlari bo‘yicha, belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 34. Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlardagi tarbiya guruhlarida va ixtisoslashtirilgan maktablardagi kuni uzaytirilgan guruhlarda bolalar soni quyidagicha belgilanadi:
35. O‘quv yilining boshlanishi, o‘quv mashg‘ulotlari va ta’tillarning davomiyligi, shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining majburiy umumiy o‘rta ta’limning 11 yillik dasturini tamomlagan bitiruvchilarga 9-sinfda shahodatnoma va 11-sinfda attestat, majburiy umumiy o‘rta ta’limning 9 yillik (intellektual rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlar) dasturini tamomlagan bitiruvchilarga guvohnoma beriladi. 36. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi o‘quvchilarini bir sinfdan ikkinchi sinfga o‘tkazish pedagogik kengashning qarori asosida, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining tibbiyot xodimlari va pedagog xodimlari xulosasi asosida amalga oshiriladi. 37. O‘quvchilarni bir ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yoki inklyuziv sharoitda ta’lim olishi uchun umumta’lim tashkilotiga o‘tkazish psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasiga ko‘ra, bolaning ota-onasi yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslarning roziligi bilan amalga oshiriladi. O‘quvchilarni bir ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yoki inklyuziv sharoitda ta’lim olishi uchun umumta’lim tashkilotlariga o‘tkazish ushbu Nizomga 1-ilova bilan tasdiqlangan tartibga asosan amalga oshiriladi. 38. O‘quvchilarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining tegishli muassasasiga o‘tkazish ushbu Nizomga 2-ilova bilan tasdiqlangan tartibga asosan amalga oshiriladi. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining ma’muriyati mazkur turdagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida o‘qishga layoqati bo‘lmagan o‘quvchilarni tegishli muassasalarga joylashtirishga ko‘maklashishi shart. 39. Ta’lim-tarbiya ishlari o‘quvchilarning oddiy o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishdan tortib ixtiyoriy ijtimoiy foydali mehnatning har xil turlarigacha bo‘lgan turli xil faoliyatlari asosida tashkil etiladi. 40. O‘quvchilarning jismoniy tarbiyasi kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish, o‘quv yuklamasi me’yoriga qat’iy rioya qilish, davolash tadbirlarini o‘tkazish, o‘quvchilarga gigiyena ko‘nikmalarini singdirish, jismoniy tarbiya darslari va sport bilan shug‘ullanish, sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 41. O‘quvchilarning mehnat ta’limi, kasbga o‘rgatish va tarbiyasi tarbiyalanuvchilarning psixik va jismoniy rivojlanishining o‘ziga xosligi, sog‘lig‘i, imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. 42. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning aqliy, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun turli to‘garaklar, klublar, studiyalar, seksiyalar tashkil etiladi. 43. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida majburiy umumiy o‘rta ta’lim 11 yillik (intellektual rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlarda 9 yillik) muddatda amalga oshiriladi. 44. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida o‘qituvchi va tarbiyachi lavozimida korreksion pedagogika va defektologiya sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika va logopediya mutaxassislari, shuningdek, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining faoliyat turi (sohasi) bo‘yicha tegishli qayta tayyorlashdan o‘tgan mutaxassis xodimlar faoliyat yuritadi. Oldingi tahrirga qarang. 45. Ta’lim-tarbiya jarayonini, uning korreksion yo‘nalishi sifat va samaradorligini oshirish maqsadida ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida tayyorlov va boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchi-tiflopedagoglar dars beradi. (45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son) Oldingi tahrirga qarang. 46. Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ko‘zi ojiz o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilarga o‘quv fanlaridan (geografiyadan tashqari) dars berish ularning fiziologik imkoniyatidan kelib chiqib belgilanadi. Ko‘zi ojiz o‘qituvchilarga tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi xulosasiga asosan ko‘zi ojiz mutaxassis kotib ajratilishi mumkin. Ushbu xodimga qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish haqi to‘lanadi. (46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son) 47. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida ta’lim jarayonini psixologik jihatdan ta’minlash muassasa shtatiga kiruvchi psixolog tomonidan amalga oshiriladi. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida o‘quvchilarni psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning maxsus kasbiy tayyorgarlik ko‘nikmalarini shakllantirish hamda rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash, shuningdek, ularga turli ko‘rinishdagi psixologik yordam berish maqsadida professional psixologik yordam ko‘rsatish xonalari tashkil etiladi. Download 163.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling