Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-bob. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining vazifalari


Download 163.3 Kb.
bet9/45
Sana07.04.2023
Hajmi163.3 Kb.
#1339368
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45
Bog'liq
“Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid

2-bob. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining vazifalari
6. Quyidagilar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — vazirlik) tomonidan tasdiqlangan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish maxsus o‘quv dasturlari talablari asosida bilim olishni ta’minlash;
shaxsga va ijtimoiy yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida o‘quvchilarning eng maqbul rivojlanishini ta’minlash maqsadida tabaqalashtirilgan va individual ta’limni tashkil etish;
shaxsiy, oilaviy, ijtimoiy hayotda va mehnat faoliyatida xulq-atvorning eng maqbul modelini shakllantirish orqali shaxsni tarbiyalash;
o‘quvchilarni umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim sharoitida o‘qishga tayyorlash;
o‘quvchilarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi, hayotiy qobiliyatlarining shakllanishi uchun zarur korreksion (tuzatuvchi) — rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish;
o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida ularning psixik funksiyalari va salomatligi tizimli tarzda kuzatilishini tashkil etish.
3-bob. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etish tartibi
7. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tashkil etiladi va hududiy tegishlilik bo‘yicha Davlat xizmatlari markazi tomonidan ro‘yxatga olinadi.
8. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi vazirlik bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — hududiy xalq ta’limi boshqarmalari) va sog‘liqni saqlash boshqarmalari tomonidan hududdagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan, maxsus sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishga muhtoj bolalarning mavjud kontingentini birgalikda o‘rganib chiqish yakunlari bo‘yicha tashkil etiladi.
9. Bunday bolalar kontingenti aniqlangan taqdirda, vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ekologik qulay sharoitlar mavjud joylarda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etish to‘g‘risida asoslangan taklif bilan murojaat qiladi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etish rejalashtirilayotgan hududda oxirgi 5 yilda 3 yoshdan 16 yoshgacha bolalar o‘rtasida tegishli kasalliklarning ko‘payganligini ko‘rsatadigan sog‘liqni saqlash organlarining rasmiy statistika ma’lumotlari bilan asoslanishi kerak.
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalariga, shuningdek, hududiy xalq ta’limi boshqarmalariga bir oy muddatda o‘rganish va ekologik qulay mintaqadagi mavjud obyektlardan namunaviy binoni yoxud ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tashkil etishda qo‘yiladigan normativ talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan maxsus loyiha bo‘yicha yangi bino qurish uchun yer uchastkasi tanlash to‘g‘risida topshiriq beradi.
11. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi tashkil etish to‘g‘risidagi qaror hududiy xalq ta’limi boshqarmalari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalarining ijobiy xulosalari mavjud bo‘lgan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir hafta muddatda qabul qilinadi.
12. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, ularning ixtisoslashuviga muvofiq quyidagi (I — VIII) turlarga bo‘linadi:
I — kar (eshitmaydigan) bolalar uchun maktab-internatlar;
II — zaif eshitadigan va keyinchalik kar bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar (1, 2-bo‘lim);
Oldingi tahrirga qarang.
III — ko‘zi ojiz (ko‘r) bolalar uchun “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar;
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
IV — zaif ko‘radigan va keyinchalik ko‘r bo‘lgan bolalar uchun “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar;
(12-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
V — nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;
VI — tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;
VII — psixik rivojlanishi sust bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;
VIII — aqli zaif bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlar.
13. Zarur hollarda I va II turlar, shuningdek, III va IV turlar aralash holdagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tashkil etilishi mumkin.
Aralash turdagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etishda kar va zaif eshituvchi (keyinchalik kar bo‘lgan) bolalar, ko‘r va zaif ko‘ruvchi (keyinchalik ko‘r bo‘lgan) bolalar sinflari bo‘yicha ta’limni alohida olib borish majburiy shart hisoblanadi.
14. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktab-internatlar) huzurida bolalarni maktabga tayyorlash maqsadida bir yil muddatli tayyorlov guruhlari tashkil etilishi mumkin.
Tayyorlov guruhlarida bolalarni o‘qitish maxsus o‘quv dasturlari asosida olib boriladi.
15. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilar soni 250 nafardan oshmasligi kerak.
O‘quvchilar soni 250 nafardan oshishiga sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining o‘quvchilar bilan to‘ldirilish sig‘imidan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda vazirlikning roziligi asosida yo‘l qo‘yiladi.

Download 163.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling