Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
-bob. Pedagog xodimlar faoliyati va ota-onalar bilan hamkorlik
Download 163.3 Kb.
|
“Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid
6-bob. Pedagog xodimlar faoliyati va ota-onalar bilan hamkorlik
34. Maktablarda inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar o‘quvchilarining salohiyatini rivojlantirish maqsadida o‘quvchilar uchun individual o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi. 35. Inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflardagi ta’lim-tarbiya jarayonining nazorati ushbu sinf rahbari tomonidan amalga oshiriladi. 36. Maxsus pedagoglar inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarda hamda maxsus yordam ko‘rsatish xonalarida o‘quvchilar bilan korreksion-pedagogik ishlarni olib boruvchi va muvofiqlatiruvchi asosiy mutaxassis hisoblanadi. 37. Maxsus pedagoglar boshqa pedagoglar bilan birgalikda inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar o‘quvchilari bilan ishlash rejasini tuzadi va ularni sinfga uyg‘unlashtiradi. 38. Maxsus pedagoglar koreksion ta’limni olib boradi, mashg‘ulotlarning mazmuni va metodlarini tanlaydi, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga korreksion-pedagogik, tibbiy yordam ko‘rsatilishini muvofiqlashtiradi, boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda umumiy mashg‘ulotlarni, kichik guruhlarda va alohida-alohida mashg‘ulotlarni olib boradi. Zarurat bo‘lganda o‘quvchilar bilan qo‘shimcha yakka tartibda mashg‘ulotlar tashkil etiladi. 39. O‘quvchilarning o‘quv-tarbiya jarayonida ishtirokini ta’minlash hamda ularning individual (moslashtirilgan) ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishda tyutorlar yaqindan yordamlashadi. Tyutor: ta’lim jarayonida sodir bo‘ladigan muammolar va qiyinchiliklarni yengishga ko‘maklashadi; ta’lim jarayonining individuallashuvi (individual ta’lim dasturlarini tuzish va sh.k.) uchun sharoitlar yaratadi; o‘quvchilarning o‘quv dasturlarini davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq darajada o‘zlashtirishiga ko‘maklashadi, bolaning o‘quv yuklamasi va imkoniyatlarini tahlil qiladi, tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar beradi; ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikda ta’lim oluvchilarning ta’limiy qiziqishlarini aniqlash, shakllantirish va rivojlantirish yuzasidan hamkorlikni o‘rnatadi; Oldingi tahrirga qarang. Tyutorlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish haqi to‘lanadi. (39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son) Oldingi tahrirga qarang. 40. Maktab psixologi har bir o‘quvchining psixik salomatligini himoyalash, maqsadida quyidagi vazifalarni bajaradi: (40-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son) o‘quvchini individual rivojlantirish (oilada va inklyuziv ta’lim sharoitida ta’lim berish) dasturlarini tuzish; o‘quvchilar bilan guruhlarda mashg‘ulotlar olib borish; o‘quvchilarni doimiy ravishda psixolog-pedagogik jihatdan o‘rganish va ularni tarbiyalash bo‘yicha ota-onalarga maslahatlar berish. 41. Maktabdagi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi o‘quvchilarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida quyidagi vazifalarni bajaradi: o‘quvchilarning jismoniy va psixik xususiyatlaridan kelib chiqib ular bilan yakka va guruhli tarzda mashg‘ulotlar olib borish; o‘quvchilar bilan birgalikda sport tadbirlari va musobaqalarni tashkil etish; ota-onalarga o‘quvchilarni jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish sohasida maslahatlar berish; tibbiyot xodimlari bilan birgalikda har bir o‘quvchining jismoniy yuklamasini tartibga solish. 42. Maktabda tibbiyot xodimi tomonidan o‘quvchilarga maxsus tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Tibbiyot xodimi: o‘quvchilarning ruhiy asab holatini tekshiradi, zarurat bo‘lganda davolash muolajalarini tavsiya etadi; korreksion-pedagogik ta’lim jarayonida bolalar sog‘ligini nazorat qiladi hamda aqliy va jismoniy yuklamaning me’yorini belgilaydi; o‘quvchilarning somatik va ruhiy salomatligini saqlash yuzasidan ota-onalarga maslahat beradi va boshqa mutaxassislar bilan xamkorlikda ularni sog‘lomlashtirish ishlarini olib boradi. Download 163.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling