4-bob. O‘quvchilar sog‘lig‘ini muhofaza qilish
22. O‘quvchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘quv kursida tashkil etiladigan kasbga o‘rgatish va ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga o‘quvchilar tomonidan rioya qilinishi uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi rahbari, mehnat fani o‘qituvchisi va pedagog xodimlari, o‘quv kursida davolash-profilaktika tadbirlarini tashkil etish, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilinishi uchun esa ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan tibbiyot xodimlari mas’uldirlar.
23. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi tomonidan tibbiyot xodimlarining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (maxsus xona, mebel va tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar) yaratib beriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
24. O‘quv kursi faoliyatini moliyalashtirish ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
25. O‘quv kursi xodimlarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish hamda ish haqlariga ustamalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
26. O‘quv kursini qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining buyrug‘i bilan o‘quv yili yakunida yoki o‘quv yili boshlanishidan avval amalga oshiriladi.
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarida kasbga o‘qitish kurslarini tashkil etish to‘g‘risida nizomga
1-ILOVA
O‘quv kurslarini jihozlash uchun talab etiladigan asbob-uskunalar va jihozlar
RO‘YXATI
Do'stlaringiz bilan baham: |