Hozirgi vaqtda til va madaniyat oʻrtasidagi munosabat masalasi lingvomadaniyatshunoslik tomonidan oʻrganilayotgan eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi
Download 35.5 Kb.
|
Hozirgi vaqtda til va madaniyat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toponimikani oʻrganishning lingvokulturologik va an’anaviy lingvistik paradigmalari
Hozirgi vaqtda til va madaniyat oʻrtasidagi munosabat masalasi lingvomadaniyatshunoslik tomonidan oʻrganilayotgan eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Lingvomadaniyatshunoslik til tizimini xalq madaniyati, milliy mentaliteti, shuningdek, toponimikani oʻz ichiga olgan dunyo milliy lingvistik manzarasining xususiy tomonlari bilan bog‘liq holda har tomonlama oʻrganish bilan ham shug‘ullanadi. Toponimika – lingvistik va ekstralingvistik xususiyatlarni birlashtirgan, murakkab ma'no tuzilishiga ega boʻlgan geografik obyektlarning atoqli nomlaridir. Toshkent viloyati oʻz toponimiyasida bu yerda asrlar davomida yashab kelgan va hozir ham yashab kelayotgan etnik guruhlarning lingvomadaniyatini qamrab olgan. Ushbu tadqiqotning dolzarbligi til va madaniyatning oʻzaro ta'siri muammosiga, ya’i tildagi madaniy omilni oʻrganishga boʻlgan keng qiziqish bilan bog'liq. Geografik nomlar onomastik lug'atning alohida qismi boʻlib, koʻp oʻlchovli lisoniy birliklarni ifodalaydi va millatlararo til aloqalarini bildiradi. Bugungi kunda toponimlar atoqli joy nomlari sifatida nafaqat onomastik koʻlamda, balki til va madaniyat oʻrtasidagi bogʻliqlikni kuzatish imkonini beruvchi tilshunoslikning ancha yangi va dolzarb yoʻnalishi boʻlgan lingvomadaniyatshunoslikning ham tadqiqot obyektlaridan biriga aylanmoqda. Har qanday hudud toponimiyasi turli migratsiya va tarixiy-siyosiy jarayonlar ta’sirida shakllangan lingvistik stratigrafik qatlamlardan iborat. Ma’lumki, onomastik makon oʻziga xos xususiyatga ega, ya’ni har bir etnik guruh geografik obyektni belgilash va ajratib koʻrsatish uchun ma’lum leksik birliklarga ega. Har bir xalqning til majmui uning dunyoqarashiga bog‘liq. Shu jihatdan olib qaraganda, ma’lum bir hududdagi har bir etnik jamiyat vaqt va makon davrida tarixan shakllangan ma’lum bir toponimlar tizimiga ega, deb taxmin qilish mumkin. Toshkent viloyati toponimlarini lingvomadaniy aspektda tahlil qilish mazkur hududdagi toponimlar tizimlarining shakllanishi va faoliyatining til va madaniy tamoyillarini oʻrnatishga, Toshkent viloyati joy nomlarining etnik-madaniy xususiyatlarini ochib berishga imkon beradi. Ishning maqsadi – Toshkent viloyati toponimiyasining umumiy qonuniyatlarini va milliy-madaniy oʻziga xosligini aniqlash uchun murakkab tizimli (ikki til soʻzlari aralashgan qoʻshma toponimlar yoki etimologiyasini aniqlash qiyin boʻlgan toponimlar), koʻp madaniyatli (toponimlarni har bir xalq oʻz tiliga moslab aytishi) toponimlarning semantikasi, tuzilishi va madaniy komponentini hisobga olgan holda hududning tadqiqot obyekti sifatida tanlab olingan joy nomlarini oʻrganishdir. Toshkent viloyati toponimiyasi boʻyicha ma’lim ilmiy ishlar qilingan boʻlsa-da, lingvomadaniyatshunoslik nuqtayi nazaridan mazkur hudud toponimikasi alohida tadqiqot mavzusi boʻlgan emas. Bizning fikrimizcha, ushbu areal toponimikasi qayd etilishidan boshlab uning shakllanish jarayonlari katta qiziqish uyg‘otadi, chunki bu hududda turli xalqlar vakillari azaldan aloqada boʻlib, ularning har biri hududdagi geografik nomlar tizimiga hissa qoʻshgan. Murakkab toponimiya birga mavjud boʻlgan Toshkent viloyatining koʻp madaniyatli muhiti tadqiqotchini ayniqsa qiziqtiradi. Toponimikani oʻrganishning lingvokulturologik va an’anaviy lingvistik paradigmalari Bobda toponimlarning xususiyatlari va ularning lingvokulturologik jihatdan oʻrganilishi koʻrib chiqiladi. Til va madaniyat oʻrtasidagi oʻzaro ta'sir muammosi hozirgi paytda tobora dolzarb boʻlib koʻrinadi va tilshunoslikning markaziy muammolaridan biri boʻlib, uni oʻrganish uchun turli xil yondashuvlar qoʻllaniladi. Til va madaniyatning oʻzaro ta’sirini oʻrganadigan lingvomadaniyatshunoslik yoʻnalishning paydo boʻlishi ilmiy bilimlar rivojlanishining zamonaviy tendensiyalariga mos keladigan muhim voqea boʻlib koʻrinadi, chunki “Til – ijtimoiy voqelikka “yoʻl koʻrsatuvchidir”. Lingvomadaniyatshunoslik madaniyatni ilmiy oʻrganishda yetakchi tamoyil sifatida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda”. Download 35.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling