Hozirgi zamon bolalar adabiyoti Reja
Download 44.31 Kb.
|
1 2
Bog'liqBolalar adabiyoti mus ish
Hozirgi zamon bolalar adabiyoti Reja: 1. Qambar Ota, Kavsar Turdiyeva, Dilshod Rajab va Abdusaid Ko’chimovlar ijodi. 2.Bolalar prozasining g’oyaviy-badiiy xususiyatlari. 3.Bolalar publitsistikasida zamon ruhi. Qambar Ota (Oʻtayev) 1941 yil 12 yanvarda Kattaqoʻrgʻon shahrida tavallud topdi. Samarqand suv xoʻjaligi texnikumida, Samarqand davlat universiteti oʻzbek filologiyasi fakultetida (1958–1967) tahsil oldi. Mehnat faoliyatini 1967 yilda “Samarqand universiteti” gazetasi muharriri sifatida boshladi. Keyinchalik Samarqand qishloq xoʻjalik kooperativ institutida ijtimoiy fanlar fakulteti rahbari, falsafa kafedrasi oʻqituvchisi sifatida dars berdi. 1976 yili Toshkentga koʻchib kelib, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida, “Oʻzbekiston agitatori” jurnalida, “Xalq soʻzi”, “Maʼrifat” gazetalari hamda Oʻzbekiston istiqbolini belgilash davlat qoʻmitasida turli lavozimlarda ishladi.Shoirning “Ona Vatan” deb nomlangan ilk sheʼri 6-sinfda oʻqib yurgan paytida Kattaqoʻrgʻon tuman gazetasida bosildi. “Kitobcha va buzoqcha” nomli dastlabki toʻplami 1965 yili chop etildi. Shundan soʻng bolalarga bagʻishlangan “Yoshlik sururi” (1972), “Chinor ansambli” (1976), “Adashboy” (1975), “Bizning kosmos” (1976), “Tinim bilmas shamolvoy”, “Chavandoz orzusi” (1985), “Shirin soʻz” (1988), “Gʻildirak” (1989), “Tabiatga rahmat” (1991), “Sizday yashagim kelar” (1994), “Bolalarning koʻzlari” (1995), “Toshpolvon va ishpolvon haqida ertak”, “Guldasta” (2001), “Alifbe bayrami” (2003), “Quyosh bilan gaplashdim” (2005), “Kitobsevar Oftoboy” (2006), “Tomda uxlagan bola” (2008), “Quyosh bola, oy bola” (2010), kattalar uchun “Vatan tuprogʻi” (1976), “Diydor” (1981), “Izlar” (1991), “Tinmay izlan, yuragim”, “Dil koʻrki” (2010) kabi koʻplab kitoblari nashr qilindi.Tarjimon sifatida belorus, ukrain, latish, eston, rus, shuningdek, jahon bolalar shoirlari ijodidan saralab oʻzbek tiliga oʻgirdi. Ayni choqda oʻzining ham koʻplab sheʼrlari rus, belorus, qozoq, qoraqalpoq, turkman, tojik, uygʻur, turk tillariga tarjima qilindi.Qambar Otaning ellikka yaqin sheʼri boshlangʻich sinf darsliklari, darsdan tashqari oʻqish kitoblari, maktab va bogʻchalar uchun metodik qoʻllanmalar, tabiat darsliklariga kiritilgan. Yuzdan ortiq sheʼrlariga kuylar bastalangan.Qambar Ota bolalar adabiyoti rivojiga qoʻshgan xizmatlari uchun 1999 yilda “II-darajali Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Bolalar shoirasi Kavsar Turdiyeva 1958 yil 6 avgustda Toshkent shahrida ziyoli oilasida tugʻildi.1975 yili Chilonzor tumanidagi 201-maktabni oltin medal bilan tugatdi va ToshDU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) ning jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirdi. Soʻng Leningrad davlat universitetida oʻqishni davom ettirdi (1981).Kavsar Turdiyeva Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil oldi. Toshkent pediatriya-tibbiyot institutida oʻqituvchi boʻlib ishladi. Hozir shu institutda kafedra mudiri lavozimida xizmat qiladi. Kavsar yoshligidan bolalar adabiyotiga qiziqdi. Ilk sheʼri oʻquvchilik yillari “Tong yulduzi” gazetasida bosildi. Birinchi kitobi “Varrak” 1983 yili nashr etildi. Shundan soʻng “Oʻynayapman, oʻylayapman” (1987), “Qush boʻlib uchgan ona” (1994), “Raqamlar boʻylab sayohat” (2002) kitoblari bosmadan chiqdi.Bolalar dramaturgi sifatida “Toshkesaklar mamlakatida” degan sahna asarini yaratdi. U Samarqand qoʻgʻirchoq teatri tomonidan sahnalashtirilib, qoʻgʻirchoq teatrlar festivalida 1-oʻrinni oldi.“Botu nidosi” (2004), “Mitti qoʻgʻirchoqboz” (2007), “Quvnoq alifbo olamiga sayohat” (2008), “Sogʻinchlar sochilgan bekatda” (2011), “Dunyoni saqlang, bolalar” (2012) kabi va boshqa sheʼriy toʻplamlari oʻquvchilar qoʻliga yetib bordi. Kavsar Turdiyeva ssenariychi sifatida faol ishlamoqda. Chunonchi, “Zumrasha” (1997–2001) kinojurnalida uning ssenariylari asosida oʻnga yaqin lavhalar suratga olingan. U ikki yuzdan ortiq qoʻshiqlar muallifi, oʻzbek va rus tillarida ijod qiladi. K. Chukovskiy, S. Marshak, L. Barbas, R. Farhodiy sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.2009 yilda adabiyot yoʻnalishi boʻyicha “Eng ulugʻ, eng aziz” tanlovining gʻolibi boʻldi. 2010 yil yakunlari boʻyicha “Bolalarning sevimli shoirasi” nominatsiyasini qoʻlga kiritdi.Tibbiyot oliy oʻquv yurtlarining rusiyzabon talabalari va hamshiralik fakulteti uchun “Oʻzbek tili” darsligi (2006,2007), rus tili fanidan “30 shagov k russkomu yaziʼku” (2010) kitobi muallifidir.Kavsar Turdiyeva adabiy-ijtimoiy faoliyati uchun 2001 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. Dilshod Rajab 1964 yilning 7 dekabrida Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida ziyoli oilasida tugʻildi. 1982 yil Navoiy nomidagi 4-oʻrta maktabni oltin medal bilan bitirib, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika instituti (hozirgi universitet)ning oʻzbek tili va adabiyoti fakultetiga oʻqishga kirdi. 1983–1985 yillar harbiy xizmatda boʻlib qaytgach, tahsilni davom ettirdi. 1989 yil oliy dargoh tahsilini tugatib, oʻzi oʻqigan 4-oʻrta maktabda oʻqituvchi boʻlib ishladi. 1990–1993 yillar Nizomiy nomidagi TDPI aspiranturasida oʻqib, “80-yillar oʻzbek bolalar sheʼriyatida poetik mahoratning ayrim masalalari” mavzusida nomzodlik ishini himoya qildi.Dilshod Rajab Oʻzbekiston Davlat matbuot qoʻmitasida, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi “Adabiyot jamgʻarmasi” nashriyotida, Respublika “Shahidlar xotirasi” xayriya jamgʻarmasida turli lavozimlarda ishladi (1994–2004). 2005 yildan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Muhofaza+” jurnali, “Vaziyat” gazetasi birlashgan tahririyatida bosh muharrir sifatida faoliyat yuritadi.Ilk sheʼri “Gulxan” jurnalida 1978 yilda bosildi, “Qorqiz sovgʻa keltirdi” nomli ilk kitobi esa hammualliflikda 1989 yilda nashr etildi. Shundan soʻng, shoirning “Otamning bogʻi” (1996), “Daryo koʻngil” (1997), “Jilvon oʻgʻloni”, “Alifbo” (2001), “Tanish tovushlar” (2006), “Sukut sarhadi” (2006), “Oʻn oʻrtoq”, “Hamro polvon” (2011), “Poyezdning bolasi” (2013), “Baxshi bola – yaxshi bola” (2016) kabi bolalarga bagʻishlangan kitoblari dunyoga keldi.Dilshod Rajab, shuningdek, davriy matbuotda oʻzining ilmiy, ilmiy-ommabop va publitsistik maqolalari bilan ham muntazam qatnashib keladi. U ayni paytda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bolalar va oʻsmirlar adabiyoti kengashi aʼzosi sifatida ham faoliyat koʻrsatadi.Dilshod Rajab Jurnalistika sohasida VI “Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov sovrindori (2011 yil).Ilk mashqlarini maktabda – Oʻquvchilik partasida xabar va maqolalar yozishdan boshlagan Abdusaid Koʻchimovni maktabdoshlari “muxbir bola” deb atar edilar. Chunki uning lavha va xabarlari tez-tez gazetalarda chiqib turardi. U aʼlo oʻqish, jamoat ishlarida faol qatnashish bilan birga, adabiyotni jondildan sevar, “Oʻzbek xalq ertaklari”, “Alpomish”, “Goʻroʻgʻli”, “Tohir va Zuhra”, “Uchar gilam”, “Gulliverning sayohatlari”, “Temur va uning komandasi”, “Shum bola” singari kitoblarni qoʻldan qoʻymay oʻqirdi. Adabiyotga boʻlgan muhabbat uni, oʻrta maktabni 1967-yili tamomlaganidan keyin, Toshkentdagi Nizomiy nomidagi pedagogika institutiga yetaklab keldi. U 1968–1972-yillarda mazkur institutning (hozirgi universitet) oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil oldi.Institutda oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalari bilan yanada chuqurroq tanishdi. Ulkan adiblar ijodi unga mahorat maktabi vazifasini oʻtadi. Bu yozuvchilardan haqqoniy qiyofa yaratish, jonli xarakter chizish, qiziqarli badiiy usullar bilan bolalarni katta hayot ichiga olib kirish yoʻllarini oʻrgandi. Soʻzning sehrli kuchini his qildi. Ehtimol, ushbu hodisalar boʻlajak shoir va adibning tuygʻulariga yanayam kuchliroq gʻulgʻula solgandir. Abdusaid Koʻchimovning mehnat faoliyati 1972-yilda “Oʻqituvchi” nashriyotida musahhihlikdan boshlandi. Ushbu nashriyotda olti oy ishlaganidan keyin, bolalarning respublika gazetasi “Tong yulduzi”ga adabiy xodim boʻlib ishga oʻtdi va 1984 yilgacha ana shu gazetada boʻlim mudiri, masʼul kotib vazifalarida mehnat qildi. Gazetachilik ishi Abdusaid Koʻchimov qalamini charxlab, adabiy ishga yoʻllabgina qolmadi, balki keng hayot ichiga olib kirdi, bolalar dunyosi, ruhiy olami bilan doʻstlashtirdi. Hayotiy kuzatishlar yangi mavzu, yangi material berdi. Bu yillar ijodkorning tarjimayi holida hayotni oʻrganish, anglash, tushunish va adabiyot sirlarini egallash davri boʻlib qoldi, deyish mumkin. Gazetachilik ishi yuzasidan tez-tez safarlarga chiqqan qalamkash respublika shahar va qishloqlarini kezdi, yirik qurilishlarda, maktablarda boʻldi. Oʻzining boʻlajak qahramonlari bilan yaqindan tanishdi. Shu tariqa uning asarlarida odobli, aʼlochi, mehnatkash, tirishqoq va ayni paytda, oʻjar va shoʻx bolalarning xilma-xil qiyofalari paydo boʻldi. Ana shunday asarlardan biri “Mening Oʻzbekistonim” dostonidir. Doston bolalar adabiyotidagi tipik usullardan biri – sayohat janrida yozilgan. Dostonda mamlakatda sodir boʻlayotgan voqea va hodisalar Bobo bilan Nabiraning xayolan qilgan sayohati vositasida juda qiziqarli hikoya qilinadi. Bu doston 1979-yilda alohida kitob – albom shaklida nashr etildi.Tinimsiz izlanishlar, hayotdan va ustozlar ijodidan oʻqib oʻrganishlar Abdusaidga ijodda oʻz ovozi, oʻz yoʻlini topib olishga imkon yaratdi. Shoirning uchinchi kitobi – “Toshburgut” (1981 yil) Abdusaid Koʻchimovning maʼlum kamolotga yetganiga dalolatnoma boʻldi, deyish mumkin.“Toshburgut” toʻplami bilan tanishar ekansiz, shoirning har doim bugungi kichik kitobxonning nafis didiga mos sheʼrlar yozishga intilayotganiga guvoh boʻlasiz. Shu bois uning kichkintoylar bilan muloqoti samimiy dildan kechadi. “Maqtanchoqlar”, “Mish-mishvoy”, “Inoqlar”, “Yolgʻonchi-sayohatchi”, “Jazo”, “Suflor” sheʼrlarida yuksak yumor bilan birga bolalarda uchraydigan sodda mugʻambirlik, maqtanchoqlik, oʻyinqaroqlik ajoyib mahorat bilan tasvirlanadi. “Suflor” asari ana shu jihatdan eʼtiborli. Bugungi kunga kelib oʻn beshdan ortiq kitob muallifi boʻlgan Abdusaid Koʻchimov nafaqat bolalar, ayni chogʻda kattalar adabiyotining ham koʻzga koʻringan ijodkorlaridan biriga aylandi. Uning “Ikki bahor”, “Umid daraxtlari”, “Qiyofa”, “Yosuman”, “Koʻzlarimning qarogʻidasan”, “Muhabbat bogʻlari”, “El suv ichgan daryolar” kabi kitoblarini barcha yoshdagi oʻquvchilar sevib oʻqishmoqda. Bolalar uchun ham, kattalarga bo‘lgani singari, inson va jamiyatga, tabiatga daxldor barcha mavzularda ijod etish mumkin. Bu farqli xususiyat mohiyatini A.A.Makarenko bolalar uchun yozayotganda nima haqda yozish emas, balki qanday qilib yozishning muhimligida, deb ko‘rsatgan edi. Shu jihatdan kattalar turmushining murakkab qirralarini ifodalovchi maishiy hayot mavzusida Q.Muhammadiyning bolalarbop qilib yozilgan “Qo‘ng‘izoy bilan Sichqonboy” she’riy adabiy ertagi bu fikrga asos bo‘la oladi. Bu asar 1940-yilda yozilgan bo‘lib, dastlab “Mushtum” jurnalida “Qo‘ng‘iz bikach bilan Sichqonboy” nomi ostida bosilib chiqqan. Asar uchun tanlangan voqelik, muammo, g‘oya kattalar hayotiga to‘g‘ri kelsa-da, ammo u allegorik obrazlar vositasida tasvirlangani bolalarbop mohiyat kasb etgan. Bolalar adabiyoti tarbiya quroli sifatida kichkintoylarga bilim berish vazifasini ham bajaradi, ularning qiziqishlari doirasini kengaytiradi. Garchi u “kattalar”– ijod ahli tomonidan yaratilsa-da, bolalar olamini bolalarga xos nuqtayi nazardan badiiy 3 Nosir Fozilov. Ijod zahmati. Kitobda: Topdimu yo`qotmadim. Toshkent, “Sharq”, 2010. –B.267 10 tadqiq qiladi. Bolalar adabiyotining bosh xususiyati ham ana shunda: narsahodisalarga bolalar ko‘zi bilan qaray bilish, ularni bolalarcha idrok eta bilish, ularga bolalarcha munosabat ko‘rsata olish hamda ulardan bolalarcha hayratlanishda. Bolalarni onalaridan yaxshiroq tarbiyalaydigan odam yo‘q, chunki ular bolalar his qilgan narsani his etadilar, ular bilan birga kuladilar, yig‘laydilar. Bunday ijodiy fazilat nafaqat bolalar adabiyotiga, balki uning bunyodkorlariga ham xos xususiyat bo‘lib, har qanday yozuvchiga ham nasib qilavermaydi. Buni chuqur his etgani bois K.I.Chukovskiy: “Bolalar – bizning ustozimiz”,– deya iqror bo`lgan edi.4 Chindan ham bolalarni ustoz darajasida anglamoq – bu, avvalo, ularga yuksak ehtirom ko‘rsatmoq, ularning xarakterlarini, qiziqish va intilishlarini, kishilarga, narsa va hodisalarga munosabatlarini, quvonch va iztiroblarini sinchkovlik bilan o‘rganmoq, ayni zamonda shu jarayonni bolalarcha his etish, idrok qilish asosida ular uslubiga muvofiqlashtirish, badiiyat sintezidan o‘tkazmoqdan iborat san’atkorlikdir. Rost, inson ulg‘aygani sari o‘z bolaligidan uzoqlashadi, bolalik tabiatidagi xususiyatlarni yo‘qota boradi. Biroq bolalar yozuvchisi bundan mustasno; u inson sifatida har qancha ulg‘aymasin, baribir, bolalik tabiatini saqlab qolmog‘i, uni tobora teranlashtirmog‘i, bolalarcha sinchkov va qiziqsinuvchi bo‘lib, ular ko‘ngliga yo‘l topmog‘i, ruhiy dunyosiga kira bilmog‘i shart. Shundagina u chinakkam bolalar yozuvchisiga aylana oladi. Insonshunoslik adabiyotning bosh masalasi ekan, bolalar adabiyoti ham shu makon va zamondan ayri rivojlanmaydi. Jamiyat taraqqiyotida ro‘y berayotgan buyuk o‘zgarishlar, tarixiy hodisalar, kishilar ruhiyatidagi evrilishlarkichkintoylar adabiyotida ham zuhur topadi. Shunday ekan, bolalar adabiyotining uzoq yoki yaqin o‘tmishidagi o‘ziga xosliklar hozirgi adabiy jarayonda bir muncha yangilanishi tabiiy. Chunki har bir davr o‘z adabiyoti oldiga eng dolzarb va g‘oyat muhim talablarni qo‘yadi. Shu ma’noda, o‘tgan asrboshlarida bolalar adabiyotining tarbiyaga xizmat qilishi, xalq bolalarini bilimli, ma’rifatli qilishga da’vat etishi, ularning qoloq maishiy hayotini ko‘rsatib berishi asosiy mezon qilib belgilangan bo‘lsa, sho‘ro mafkurasi davrida asosan, “baxtiyor yosh avlod” obrazini tarannum qilish bosh yo‘nalish kasb etdi. Qahramon ruhiyatini ochish, bolalar va o‘smirlikdagina kechadigan tuyg‘ular, murakkab ruhiy holatlarning badiiy tasviri juda kam asarlarda ko‘zga tashlandi. Bolalar adabiyotidagi pedagogik talablar uning so‘z san’ati sifatidagi badiiy ijod o‘zanlariga band soldi. Faqat o‘tgan asrning so‘nggi choragi, aniqrog‘i, 80-yillardan boshlab bolalar adabiyoti yakranglikdan qutula boshladi. Istiqlol arafasi va mustaqillik yillaridagina bolalar adabiyoti mavzu va qahramon, shakl va mazmun, janrlar xilma-xilligi jihatidan sezilarli darajada o‘zgardi. Binobarin, o‘zbek bolalar adabiyoti o‘z taraqqiyotida umumadabiyotga mushtarak va farqli xususiyatlarga hamohang tarzda rivojlandi. Bolalar adabiyoti yildan yilga shakllanib, koʻzga tashlana boshladi. Ayniqsa, bu yillarda yuqoridagi qalamkashlarning safiga Z. Diyor, D. Oppoqova, M. Fayziy, I. Muslim, A. Rahmat, Sh. Saʼdulla, S. Joʻra, M. Oqilova, Q. Muhammadiy, H. Nazirlarning kelib qoʻshilishi katta voqea boʻldi. Ular bolalarni yaxshi oʻqishga, ilm-fan nurlaridan bahramand boʻlishga, davrning haqiqiy oʻgʻil-qizlari boʻlib kamol topishga targʻib etadilar. Bolalar adabiyoti yildan yilga rivojlanib bordi. 30yillarga kelib, oʻzining professional shoir va yozuvchilariga ega boʻldi. Poyeziya (Zafar Diyor, Adham Rahmat, Ilyos Muslim, Shukur Saʼdulla, Sulton Joʻra, Mahmuda Oqilova, Quddus Muhammadiy), proza (Majid Fayziy, Dorjiya Oppoqova, Hakim Nazir), dramaturgiya (Zafar Diyor, Dorjiya Oppoqova) sohalarida bolalar ijodkorlari yetishib chiqdilar. Sadriddin Ayniy, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, Oybek, Shokir Sulaymon, Elbek va Gʻayratiylar ham oʻzbek bolalar adabiyotini yuksaltirish ishiga oʻz hissalarini qoʻshdilar.Bu davrda Zafar Diyorning “Qoʻshiqlar” (1933), “Tantana” (1936), “Sheʼrlar” (1939), “Muborak” (1940), “Sheʼr va hikoyalar” (1940) toʻplamlari va “Mashinist” (1935) poyemasi, “Baxtli yoshlik” dramasi, “Joʻnatish”, “Nojoʻyaliklar” hikoyalari; A. Rahmatning “Dum” (1938), “Baxtli yoshlik” (1939), “Zavqli allalar” (1940), “Sheʼrlar” (1940), “Hiylagar tulki” (1940) kitoblari; Sulton Joʻraning “Fidokor” (1940); Ilyos Muslimning “Oʻsuv” (1932), “Zaharxandalar” (1932) toʻplamlari, “Miqti keldi” poyemasi (1934); Shukur Saʼdullaning “Hayqiriq” (1933) toʻplamlari bosilib chiqdi.Bu davrda qardosh xalqlar adabiyotidan juda koʻplab asarlar oʻzbek tiliga tarjima qilindi. Buning natijasida oʻzbek bolalar adabiyoti har tomonlama boyib bordi. Ayniqsa, “Yosh turkistonliklar”, “Bolalar yoʻldoshi”, “Bolalar dunyosi”, “Oʻzgaruvchi yoshlar”, “Yosh kuch” kabi nashrlarning yoʻlga qoʻyilishi bolalar adabiyotining har tomonlama rivojlanishiga sabab boʻldi.Xullas, bolalar adabiyotining mavzu doirasi kengaya bordi. Yoshlik, maktab hayoti, ona yurt tabiati, xalqlar doʻstligi, ilm, hunar va texnikaga muhabbat mavzulari bolalar adabiyotidan keng oʻrin oldi.Xalqimizda “Ona yurting omon boʻlsa, rangi roʻying somon boʻlmas”, degan naql bor. Ikkinchi jahon urushi yillarida Oybek, Hamid Olimjon, Gʻafur Gʻulom, Sobir Abdulla, Uygʻun, Maqsud Shayxzoda, Zafar Diyor, Amin Umariy, Gʻayratiy, Mirtemir, Ilyos Muslim, Sulton Joʻra va boshqalar fashist bosqinchilarining yer bilan yakson boʻlishiga komil ishonch gʻoyasi bilan yoʻgʻrilgan asarlar yaratdilar. Uygʻunning “Xayrlashuv”, Zafar Diyorning “Kichkina jangchi”, Ilyos Muslimning “Yovni tutday toʻkamiz”, Sulton Joʻraning “Tekstil kombinati toʻquvchilari”, Raʼno Uzoqovaning “Talpin, yurak” sheʼrlari bolalar adabiyotida urushni laʼnatlovchi dastlabki asarlardan boʻldi. Bu davr bolalar adabiyotining asosiy mavzusini urush davridagi xalq qahramonlarining fashist bosqinchilariga qarshi jasoratlarga toʻla kurashi “Xat” (Hamid Olimjon), “Sen yetim emassan” (Gʻafur Gʻulom), “Vatan haqida”, “Yigitlarga” (Oybek), “Kurash nechun?”, “Kapitan Gastello” (Maqsud Shayxzoda), “Vatan haqida qoʻshiq” (Uygʻun), “Vatan”, “Chavandoz” (Temir Fattoh), “Qurol bering menga ham!”, “Bizning oila” (Zafar Diyor), “Toʻychi Muhammad” (Sulton Joʻra), “Onamning aytganlari” (Adham Rahmat), “Biz yengamiz” (Hasan Said) kabi asarlarda oʻz ifodasini topdi Abdulla Oripovning “Dehqon bobo va oʻn ikki bolakay qissasi” sheʼri bolalar adabiyotining keyingi yillarda qoʻlga kiritgan jiddiy yutuqlaridan boʻldi. Oʻzbek bolalar sheʼriyatida Oʻzbekiston haqida koʻplab asarlar bor. A. Oripov ularni takrorlamasdan oʻziga xos original asar yozgan. Sheʼr qahramonlari oʻn ikki viloyatdan chiqqan aʼlochi, jamoatchi oʻquvchi bolalar. Ular oʻz joylarining tarixini yaxshi bilishadi. Poyezdda oʻzlariga hamroh boʻlgan boboning savollariga loʻnda-loʻnda qilib javob berishadi. Oʻzbekistondagi har bir viloyatning oʻziga xos boyligi, shaharlari, bagʻrikeng odamlari kitobxon koʻz oʻngida bir-bir gavdalanadi. Shoirlarimiz oʻz asarlarida bolalarni mehnatkash boʻlishga, mehnat ahlini hurmat qilishga, ularning peshona terlari evaziga bunyod etilgan narsalarni eʼzozlashga, asrab-avaylashga daʼvat qiluvchi sheʼrlari bilan kitobxon mehrini qozonmoqdalar. Bolalarni bogʻcha yoshidan boshlaboq tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash muhim ishlardan biri hisoblanadi. Bolalar ijodkorlari bu masalaga alohida eʼtibor bermoqdalar. “Kichkina bogʻbon haqida doston”, “Suv bilan suhbat”, “Yuksak togʻ, keng oʻtloq va mard oʻrtoq haqida qissa” (Z. Diyor), “Toʻrt fasl” (Sh. Saʼdulla), “Bizning bogʻga kelinglar” (Gʻ. Gʻulom), “Boychechak”, “Gʻuncha” (Uygʻun), “Oʻrik gullaganda” (H. Olimjon), “Yurtimiz tabiati”, “Tillaqoʻngʻiz” (I. Muslim), “Tabiat alifbosi”, “Qanotli doʻstlar” (Q. Muhammadiy), “Bahor”, “Togʻ manzarasi”, “Suv” (Q. Hikmat), “Toshbaqa” (Y. Shomansur), “Bir choʻntak yongʻoq” (M. Aʼzam), “Kamalak afsonasi” (O. Matjon) va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Bular orasida Shukur Saʼdullaning “Kichkina qushcha” asari alohida ajralib turadi. Unda bolalarning qushlarga boʻlgan mehri, gʻamxoʻrligi misralar qatiga chuqur singdiriladi. Ikkinchi jahon urushidan keyin oʻtgan davr ichida oʻnlab poyemalar, ertaklar, dostonlar maydonga keldi. Oybekning “Zafar va Zahro”, “Bobom”, Quddus Muhammadiyning “Dunyoda eng kuchli nima?”, “Solijon”; Shukur Saʼdullaning “Laqma it”, “Ikki donishmand”; Poʻlat Moʻminning “Oʻrinbosarlar”, “Eh, rosa shirin ekan”, “Xolning jiyron velosipedi”, “Oltin nay”, “Jalil eshitgan ertak”; Qudrat Hikmatning “Toshbaqalar hujumi”, “Bobodehqon hangomasi”, “Chovkar”, “Chirchiq farzandi”, Ramz Bobojonning “Choʻpon oʻgʻli”; Safar Barnoyevning “Biz dehqon bolasimiz”, “Oltin shahar haqida afsona”, “Oltin oshiqlar”; Miraziz Aʼzamning “Aqlli bolalar”, “Bedananing buvisi”; Toshpoʻlat Hamidning “Asrorqulning qoʻchqori”, Ergash Raimovning “Bir dona yaproq”; Azim Usmonning “Gʻaroyib ajdarho”; Kavsar Turdiyevaning “Toshkesarlar mamlakatida” kabi doston va ertak-dostonlari yaratildi.Hozirgi zamon oʻzbek bolalar adabiyotida sheʼriyat rivojlangani kabi nasrda ham salmoqli asarlar yuzaga keldi. Yozuvchilarning yangidan yangi avlodlari kamol topdi. Ayniqsa, hikoyachilik oʻsdi. Bolalarning yoshi, qiziqishi, dunyoqarashiga toʻla javob bera oladigan hikoyalar bunyod etildi. Hakim Nazir, Yoqubjon Shukurov, Shukur Saʼdulla, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Turgʻunboy Gʻoipov, Rahmat Azizxoʻjayev, Latif Mahmudov, Farhod Musajon, Sobir Yunusov, Oqiljon Husanov, Mahmud Murodov, Nodir Nazarov, Ergash Raimov, Safar Barnoyev, Abusaid Koʻchimov, Anvar Obidjon va boshqalarning oʻnlab hikoyalar toʻplamlari bosilib chiqdi. Juda koʻp hikoyalarda kichkintoylarning hayotlari oʻz ifodasini topmoqda. Shodmonbek Otaboyevning “Itolgʻi” hikoyasi qush, qurt-qumursqalarni sevish, ardoqlashga qaratilgan. Itolgʻi chumchuq va chugʻurchuqlarni tutib olib yeydigan qush. Shukurali aka Itolgʻini jiyani Shavkatga sovgʻa qiladi. Shavkat uzum qoʻriqlashda undan foydalanmoqchi edi. Ammo qush ularnikida oʻzini erkin sezmaydi. Buning sababini surishtirganda Shavkatning otasi bu qush ozod va erkinlikni qoʻmsayotganligini tushuntiradi. Shavkat qushlarni yaxshi koʻradigan, rahmdil bola. U Itolgʻini qafasda uch kun zoʻrgʻa ushlab turadi. Qafasda qush emas, oʻzi oʻtirgandek boʻladi va Itolgʻini qafasdan butunlay chiqarib yuboradi. Qush bolaga “rahmat” degandek parvoz qilib ketadi. Bolalar qissachiligida ham koʻplab yaxshi asarlar yaratildi. Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhordan tortib bugungi kunga qadar hisoblaydigan boʻlsak, ularning soni nihoyatda oʻsdi. Bunga misol qilib Hakim Nazir, Shukur Saʼdulla, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Hojiakbar Shayxov, Anvar Obidjon, Latif Mahmudov, Farhod Musajon, Habib Poʻlatov, Muqimjon Niyozov, Rustam Rahmonov, Iboxon, Shukur Xolmirzayev, Oqiljon Husanov, Marva Jaloliddinova, Asad Dilmurod, Abusaid Koʻchimov, Ergash Raimov, Mamatqul Hazratqulov va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Bu davr bolalar qissachiligining mavzu doirasi juda kengaydi. Kattalarning mehnati, ularning jasoratlari (“Yonar daryo”), ikkinchi jahon urushida ishtirok etish (“Rustamjonning sarguzashtlari”), tobora gullab-yashnab borayotgan goʻzal shaharlarimiz va bagʻrikeng, insonparvar odamlarimiz (“Komandirning boshidan kechirganlari”), oʻtmishda zulmkorlarga qarshi kurash, baxtli va yorugʻ kun uchun intilish (“Kachal polvon”), ikkinchi jahon urushi davrida bolalar hayoti va ularning daladagi faoliyati (“Changalzordagi sharpa”), chorvadorlarga koʻmak (“Oq otli”), oʻquvchilarning dalachilik brigadalari (“Zamon”), shoʻx va oʻzboshimcha bolalar, ularning qayta tarbiyasi (“Bizning roman”) kabi mavzular bu davr qissachiligida yetakchi oʻrinda turadi. Bu davr bolalar qissachiligida sarguzasht, ilmiy-fantastika janrlari ham rivoj topdi. Xudoyberdi Toʻxtaboyev (“Sariq devni minib”, “Qasoskorning oltin boshi”, “Shirin qovunlar mamlakatida”), Hojiakbar Shayxov (“Samo mahvaridagi namoyish”, “Shom kamari”, “Ajdodlar xotirasi”), Mahkam Mahmudov (“Teskari koʻzlar sayyorasi”), Anvar Obidjon (“0099 nomerli yolgʻonchi”, “Dahshatli meshpolvon”), Olloyor (“Fazogir chumoli”), Oqiljon Husanov (“Togʻda oʻsgan bola”) va boshqalar bu janrda samarali ijod qilmoqdalar. Bolalar tarbiyasida dramaturgiya janrida yaratilgan asarlar ham katta rol oʻynaydi. Hakim Nazir, Adham Rahmat, Poʻlat Moʻmin, Mamarasul Boboyev, Turgʻunboy Gʻoyipov, Narimon Orifjonov, Latif Mahmudov, Farhod Musajonlarning pesalari oʻzining bolalarbopligi bilan kichkintoylar quvonchiga quvonch qoʻshib kelmoqda. Hozirgi zamon oʻzbek bolalar badiiy adabiyoti bilan birga bolalar adabiyotshunosligi va adabiy tanqid ham pogʻonamapogʻona oʻsdi, rivojlandi. Bir qator darslik, qoʻllanma, majmua, monografiya, kitoblar yozildi. Oʻnlab nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Shu zaylda hozirgi zamon oʻzbek bolalar adabiyoti rivojlanishda davom etmoqda. U yangi yozuvchilar, yangi asarlar bilan tobora boyib bormoqda. Bir soʻz bilan aytganda, bu adabiyot mustaqil Oʻzbekistonimizning tobora gullabyashnashi uchun xizmat qilmoqda. Download 44.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling