Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlar evolyutsiyasi


Inqiroz bo‘yicha nazariyalar


Download 397.03 Kb.
bet2/8
Sana19.10.2023
Hajmi397.03 Kb.
#1710564
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
HOZIRGI ZAMON IQTISODIY TA

Inqiroz bo‘yicha nazariyalar. Inqiroz Avstriya iqtisodiy maktabi vakillari tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, u “xato amalga oshirilgan investitsiyalar” deb tan olinib, ortiqcha investitsiya takror ishlab chiqarishning zo‘riqishiga olib kelishini aytib o‘tishgan. Bunday xatoliklarni investorlar asosan xato axborot tufayli amalga oshiradi. Bunday axborotlar qatorida birinchi o‘rinda resurslar bozoridagi narxlarning noto‘g‘ri talqin qilinishidir. Ishlab chiqarishni kengaytirishning yagona yo‘li kredit evaziga uni tashkil qilishdir. Kredit ish faoliyatini o‘ylab amalga oshirishga sababchi bo‘ladi, shu sababli u xatolarni ko‘ra olmaydi deb hisoblanadi. Demak, inqiroz pul bozoridagi konyunkturaning nostabil holatidir.
Karl Marks, XVIII asrning oxirigacha hech qanday ishlab chiqarish revolyutsiyasi bo‘lmagan, shu sababli hech qanday inqiroz yuz bermagan deydi. Marks inqiroz kapitalistik iqtisodning oqibatidir deydi. Inqiroz sababi sifatida u talabdan ko‘ra ishlab chiqarish mahsulotlarining ko‘p bo‘lishi holatini aytib o‘tgan. Chunki ishlab chiqaruvchi ko‘proq foyda olaman deb ishlab chiqarish hajmini oshirib yuboradi.
Shu bilan birga iqtisodiy fanda inqirozning sababi psixologik omillar bo‘lishi mumkinligini ta’kidlovchilar ham topiladi. Ular qatorida XIX asrda ijod qilgan Dj.Mill ham bor, uningcha insonning ruhiy holati inqirozga olib keladi175. Insonlar vahimasi tufayli kredit olish darajasi pasayadi va uning oqibatida iqtisodda inqiroz holati yuz beradi deb hisoblaydi. A.Grinspen bo‘lsa insonning noratsional optimizm xarakteri aktivlar qiymatini ko‘tarib yuboradi, bu bilan to‘satdan va uzoq muddatli pasayish kuzatilishini aytadi.
    1. INFLYATSIYA VA ISHSIZLIK O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK. FILLIPS EGRI CHIZIG‘I


Iqtisodiyot o‘z rivojlanishini potensial darajada ushlab turish uchun bandlilik darajasini oshirish yoxud inflyatsiya darajasini pasaytirish kabi muqobil variantlardan birini tanlashga majbur bo‘ladi. Chunki qisqa muddatli davrda ishsizlik va inflyatsiya darajalari


o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud. Ishsizlikni pasaytirish ish joylarini yaratish uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishini anglatadi. Ayni paytda bu ish haqi miqdorining oshishiga ham olib keladi. Har ikkala holatda ham baholar darajasining ko‘tarilishiga olib keladi, ya’ni talab inflyatsiyasi ro‘y beradi.
Ishsizlik va inflyatsiya ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ingliz iqtisodchisi

    1. Fillips tomonidan aniqlangan va Fillips egri chizig‘i (16-rasm) deb ataladi.

Fillips egri chizig‘i ishsizlik va inflyatsiya darajalari o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni xarakterlaydi.


Yuqori
Inflyatsiya
darajadagi kutilayotgan inflyatsiya

Past darajadagi kutilayotgan


inflyatsiya






Download 397.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling