Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlar evolyutsiyasi


Download 397.03 Kb.
bet1/8
Sana19.10.2023
Hajmi397.03 Kb.
#1710564
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
HOZIRGI ZAMON IQTISODIY TA

  1. HOZIRGI ZAMON IQTISODIY TA’LIMOTLAR EVOLYUTSIYASI


    1. ISHSIZLIK, INFLYATSIYA VA INQIROZ MUAMMOLARINING IQTISODIY G‘OYALARDA AKS

ETTIRILISHI


Ishsizlik muammolarini ilmiy o‘rganmasdan mehnat bozori va ijtimoiy-mehnat munosabatlarini to‘la tasavvur etib bo‘lmaydi. Ishsizlik – bu, bozor iqtisodiyotining ajralmas xususiyatidir.
Shunday ekan, ishsizlik muammosini o‘rganishdan asosiy maqsad – aholining ish bilan bandligini oshirish orqali mamlakat ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
Odatda, jahon mamlakatlari ishsizlik tushunchasini BMT, Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish jamiyati talablariga ko‘ra ishlab chiqishadi. Xalqaro mehnat tashkilotining 13-konvensiyasi ta’rifiga ko‘ra «ishsiz shaxslar» deganda, – ish joylariga ega bo‘lmagan, ishlashga tayyor va ish izlayotgan fuqarolar tushuniladi. Mana shu asosiy shartlarga rioya qilgan holda, turli mamlakatlarda fuqaroni ishsiz shaxs deb e‘tirof etish uchun qo‘shimcha shartlar talab qilinadi.
Masalan, Amerika Qo‘shma Shtatlarida so‘nggi bir hafta mobaynida ish bilan band bo‘lmagan, so‘nggi to‘rt hafta davomida ishga joylashishga (bevosita ish beruvchiga yoki ish bilan ta’minlash davlat xizmatiga murojaat etish orqali) harakat qilgan, mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan fuqarolar ishsiz shaxs deb e‘tirof etiladilar172.
Yaponiyada ishsiz shaxs deb so‘nggi bir hafta davomida bir soat ham ishlamagan, Buyuk Britaniyada esa, so‘nggi bir hafta mobaynida ishlamagan, shu davr mobaynida ish qidirgan yoki kasalligi tufayli ish qidirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar tushuniladi.
Ayrim mamlakatlarning qonun hujjatlariga binoan ishsiz deb, ishdan bo‘shatilgan va mehnat stajiga ega bo‘lganlar tushuniladi.
Bandlik va ishsizlik muammolarini D.Keyns, P.Samuelson, A.Ouen, R.Kempbell, Makkonel Stenli, L.Bryu, A.Fisher va boshqalar o‘rgangan.
Keyns bo‘yicha ishsizlik tovar va xizmatlarga samarali talabning yo‘qligi sababli ishlab chiqarishning to‘xtab qolish holida yuz beradi deb hisoblagan. Ishsizlik pul-kredit yoki davlatning soliq-budjet siyosati orqali pasaytirish mumkin deb hisoblaydi173.
Amerikalik iqtisodchi olim Artur Ouken notabiiy yoki davriy ishsizlikning salbiy ta’sirga ega ekanligini matematik holda isbotlab berdi. A.Ouken qonuniga ko‘ra, ishsizlikning tabiiy darajasi 1 foizga oshganda yalpi milliy mahsulot 2,5 foizga kamayadi174.

Download 397.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling