Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlar evolyutsiyasi


Download 397.03 Kb.
bet6/8
Sana19.10.2023
Hajmi397.03 Kb.
#1710564
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
HOZIRGI ZAMON IQTISODIY TA

Neoklassik sintez (neoklassik sintez) – neoklassik va Keynes maktablarining nazariy qarashlarini birlashtirgan iqtisodiyotdagi ilmiy yo‘nalish. Sintezning mikroekonomik tarkibiy qismi neoklassik ta’limga asoslansa va makroiqtisodiy konsepsiya J.M. Keynnesning g‘oyalariga tayanadi. Bu yo‘nalish XX asrning ikkinchi yarmida yuzaga keldi va hozirgi vaqtda iqtisodiy yo‘nalishlarda dominant rolga egadir.
Neoklassik sintez nazariyasi dualistik yondashuv sifatida, ya’ni neoklassik mikroanaliz va Keyns makroanalizi tamoyillari qo‘shilmasi deb qaraladi. Mikrotahlilda erkin raqobatli bozorda iste’molchi hal qiluvchi rol o‘ynashi tan oladi. Bundan tashqari, mikroanalizda narxlarning moslashuvchanligiga yo‘l qo‘yiladi.
Yakka tartibda bu nazariyalar bir-biriga zid edi: neoklassiklar bozor iqtisodiyoti resurslarni to‘g‘ri taqsimlanishiga sababchi bo‘ladi desa, Keyns, davlat tartibga solmagan bozor resurslari optimal taqsimlanmaydi yoki to‘la ish bilan bandlikni ta’minlay olmaydi, deydi. Biroq, qarama-qarshi nazariyalar (Keyns va neoklassik nazariya) maktabining har biri mahorati bo‘yicha juda istiqbolli edi. Neoklassik nazariya aniq bir tizimga ega bilimlar manbai, Keynschilik nazariyasi esa inqiroz oqibatlarini yumshatish uchun retseptlarga boy maktab bo‘lgan.
Neoklassik sintezga ko‘ra, ish bilan to‘liq band bo‘lmaslikning asosiy sababi ish haqining moslashuvchan emasligidir. To‘liq bandlikni ta’minlashga erishish uchun ish haqi miqdorini tadbirkorlar yollashi mumkin bo‘lgan darajagacha tushirish kerak. Bunda narxlarni oshirish, nominal ish haqini oshirish va real ish haqini pasaytirish orqali erishish mumkin. Biroq, bunday ssenariyni amalga oshirish faqat xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan nomutanosiblik va haqiqiy qiymatlar o‘rtasidagi farqni ajratmagan holda, ratsionallik va xabardorlik prinsipiga zid kelmagan hollardagina qo‘llash mumkin.
    1. ZAMONAVIY INSTITUTSIONALIZM


Zamonaviy institutsionalizm dastlabki institutsionalizmning yo‘nalishini metodologik xususiyatlarini va o‘rganayotgan muammolarini saqlab qoldi. Dastlabki va keyingi institutsionalizmning o‘xshash jihatlari bo‘lib:



      • tadqiqotga evolyutsion yondashuv, tarixiylik tamoyilini qo‘llanilishi, jamoaviy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlarini sifatida qaralishi bo‘ldi;

      • iqtisodiy fanni kengroq yoritish. Bunda har qanday vaziyat iqtisodiy bo‘lmagan (psixologik, huquqiy, ijtimoiy, siyosiy) omillar evaziga xo‘jalik yuritish sohasiga ta’sirining tahlilini oshirish. Demak, iqtisodiyot nazariyasini turli fanlar yutuqlarini qo‘shgan holda qo‘llash lozimligi ta’kidlanadi;

      • “iqtisodiy odamga” emas, balki real iqtisodiyotga diqqatni qaratish, demak individual emas, balki jamoaviy faoliyatni tadqiq etish;

      • resurslar bozoridagi mexanizmlarni universal holatda emas, balki neytral qarashni shakllanishini ta’kidlanadi;

      • iqtisodiyot ustida ijtimoiy nazoratni olib borishni talab qilish, davlat nazoratidagi muammolarining tahlilini amalga oshirish.

Zamonaviy institutsionalizmning esa o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib:

        • XIX–XX asrga nisbatan o‘zgargan iqtisodiy va ijtimoiy borliq tahlili;

        • xukumat va siyosat savollariga qiziqishning kengayishi. Ungacha iqtisod boshqa fanlardan xoli deb hisoblangan;

        • kapitalizmni tanqid qilish ikkinchi darajali bo‘lib qolganligi;

        • industrial, postindustrial, axborot, texnologik jamiyatni keng targ‘ib qilinishi;

  1. – texnika taraqqiyotidagi o‘zgarishlarga diqqatni qaratish.

  2. Demak, zamonaviy institutsonalizm oldingisiga qaraganda ancha o‘zgargan, uning konsepsiyalari texnokrat jamiyatga, kapitalizmdan yangi jamiyatga o‘tishga, ijtimoiy yo‘nalganlikda deb ko‘rsatsa bo‘ladi. Zamonaviy institutsiolist vakillari. Amerikalik iqtisodchi Elvin Toffler (1928–2016) o‘zining “Kelajak bilan to‘qnashuv” (1970), “Uchinchi to‘lqin” (1980 y.) asarlari bilan superindustrial jamiyat nazariyasini yaratdi. U o‘z asarida jamiyat rivojlanishining “to‘lqin”lari: birinchisi – qishloq xo‘jaligi, ikkinchisi – sanoat, uchinchisi – ilmiy-texnik inqilobni tahlil qildi. Bunda u “uchinchi to‘lqin” industrial jamiyatdan superindustrial hisoblanilgan sifatiy bosqichga ko‘chishini aytib, bunda ilmiy va axborot o‘zgarishlari ijtimoiy hayotni qayta tashkil etilishiga sababchi bo‘ladi, deydi.

  3. Toffler, G‘arbning rivojlangan davlatlari superindustrial jamiyatning

  4. birinchi bosqichida deb hisoblagan.




  1. Ilmiy-texnik va axborot taraqqiyotining keyingi rivojlanishi hayot tezligini yanada oshiradi, ya’ni ular o‘rtasidagi munosabatlar (internet rivojlanishi sababli) qisqaradi, kasblarning o‘zgarishi odatiy holga aylanadi, mahsulotlarning hayotiylik sikli qisqaradi, bir martalik ishlatiladigan tovarlar ko‘payadi, xizmatlar sohasi yetakchilik qiladi deb hisoblagan. Buning oqibatida shaxsiy o‘zgarishlar yangi shartlarni kasb etadi, insonlar o‘z kasblarini o‘zgartirishi tezlashadi

  2. degan. Eng asosiysi psixologik qoniqish, foydalilikni maksimallashtirishga qaratiladi.

  3. Ilmiy-texnik taraqqiyot, Toffler fikricha, yangi global va ijtimoiy ziddiyatlar o‘zgarishlariga olib keladi. “Ekspazm” atamaning ishlatilishi inqiroz holatlarga ijtimoiy hayotning javobidir deb hisobladi. Bunda ijodiy kuchlar jamiyat hayotida o‘zgarishlarni vujudga keltiradi va iqtisodiy rivojlanish darajasi yangisi bilan almashishiga olib keladi. Toffler milliy xo‘jalik hayotidagi barcha o‘zgarishlar rejali va davlat nazorati ostida bo‘ladi deb hisoblaydi. U transnatsional siyosiy harakatlar yuzaga kelayotgan jarayonlarni

  4. nazoratga ola olishini, tabiatni ochlik va kasalliklar kabi zararli holatlari bilan kurashishiga sababchi bo‘lishini aytadi.

  5. Ijtimoiy-institutsional analizni fransiyalik iqtisodchi va jamiyatshunos Fransua Perru (1903–1987) “XX asr iqtisodiyoti” (1961) asari orqali davom ettirdi. U uch iqtisod tamoyilini shakllantirdi, ularni milliy xo‘jalikning keyingi rivojlanish davri deb bilgan. Uning dominant iqtisodiyoti zamonaviy

  6. kapitalizmdir. Garmoniyalashgan (har taraflama moslashgan) jamiyat zamonaviy kapitalizm tizimining yangi ko‘rinishi deb bildi, unda ishlab chiqarish har qanday odamning ehtiyojlarini qondiradi deb hisoblaydi.

  7. Perru fikricha, birinchi davrda iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi munosabat shakli va mohiyatini o‘zgartira oladigan dominant iqtisodiyot vujudga kelgan. Reallikda erkin ishlab chiqarish va raqobat yo‘q, faqat dominant bo‘lgan ishlab chiqarishlar

  8. mavjud, ular doimiy o‘sishga ega, uning ta’siri jahon iqtisodiyotiga qaratiladi. Tajovuzkor raqobat yengib o‘tiladi, xo‘jalik faoliyati globallashuv tomon siljiydi. Dominant korxonalar mayda korxonalarni o‘z domiga tortib, ularni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatishadi. Natijada mikrobirlik vujudga keladi. Dominant korxonalar atrofida ularga yordamchi rivojlanayotgan tarmoqlar to‘planadi, ular milliy iqtisodiyotni o‘zgartira oladigan darajada bo‘ladi.

  9. Dominant iqtisodiyot keyinchalik garmonik o‘sish iqtisodiyoti bilan almashadi. U iqtisodiyot rivojlanishida va taraqqiyot yo‘lidagi yechimlarni (derektiv, indikativ, dasturiy rejalarni bajarishda) qabul qilishda davlatning etakchilik rolini tan oladi. Perru bu o‘rinda iqtisodiy rivojlanishning o‘ziga xos xususiyati davlat tomonidan o‘tkazilayotgan siyosatda deb bildi. Mazkur rivojlanish bosqichida real YaIMning hajmini maksimallashtirish, tarmoqlar orasidagi taqsimotlarni kamaytirish va iqtisodiy jarayonlarni ijtimoiy guruhlar va alohida shaxslar uchun xizmat qilishida deb bildi.

  10. Keyingi bosqich global iqtisodiyotdir. Unda jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy kelishmovchiliklari yo‘qoladi, har bir insonning qiziqish va ehtiyojlarini qondiradigan xo‘jalik tashkil qilinadi. Bu bosqichda xo‘jalik va huquqiy institutlarning asosiy yo‘nalishlarida o‘zgarishlar

  11. yuz beradi, davlatning sud qiluvchi roli oshadi. Perru ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni foyda tabiati (xususiy mulkdan olinadigan foyda asosan tashkiliy, ijodiy yangilanishga sarflanadi) va iqtisodiy faoliyat motivlarni (o‘z-o‘zini yaxshi ko‘rish boshqalarga yordam berish bilan o‘zgaradi) o‘zgartirish orqali tekislash kerakligini ta’kidlaydi.




  1. Download 397.03 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling