Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlar evolyutsiyasi
Download 397.03 Kb.
|
HOZIRGI ZAMON IQTISODIY TA
Tayanch so‘z va iboralar: ishsizlik, inflyatsiya, inqiroz, neoklassik sintez, monetarizm, keynschilik, institutsionalizm, iqtisodiy taraqqiyotning “to‘rt g‘ildiragi”.
14-bob YUZASIDAN XULOSALARZamonaviy iqtisod o‘zining “Ekonomiks” fani yo‘nalishi, “neoklassik sintez” konsepsiyalarini tahlili, iqtisodiy taraqqiyot yo‘nalishlarini belgilash bilan ajralib turadi. Zamonaviy iqtisodchi o‘z nazariyalarini iqtisodiyotdagi inqiroz, inflyatsiya va ishsizlik kabi muammolarni tadqiq etishga qaratishgan. Ular ichida keynschilik, monetarizm va institutsionalizm g‘oyalarining qorishmasi uchrab turadi. Shu sababli bu bobda biz P.Samuelson kabi iqtisodiy taraqqiyot g‘oyalarini ko‘rib o‘tamiz. Eng so‘nggi davrdagi iqdisodiy ta’limotlarda neoklassik sintez yetakchi bo‘lib qoldi, bu yangi yo‘nalish, odatda, amerikalik P.Samuelson va uning «Ekonomiks» kitobidagi g‘oyalar bilan bog‘liq. Shunga ham ta’kidlab o‘tish kerakki, bu kitobning boshqa mualliflar tomonidan chiqarilgan variantlari ham mavjud bolib, ularda ham aynan shu masalalar tahlil etiladi. Yangi qarashdagi o‘ziga xos asosiy xususiyat shuki, unda avvalgi davrda paydo bo‘lgan iqdisodiy g‘oya, nazariya va ta’limotlar har tomonlama o‘rganilib, ularning barchasidagi ratsional fikrlar jamlanadi, bunda eng asosiy maqsad «foyda maksimumga erishganda, optimal hajm qancha bo‘lishi kerakligi» tahlil etiladi. Buni boshqacha talqin etiladigan bo‘linsa, «cheklangan resusrlardan foydalanilib, doimo o‘sib boruvchi ehtiyojlarni to‘laroq qondirish» masalasi ko‘rib chiqladi. Neoklassik sintezda keynschilik neoklassik neoliberal g‘oyalarning ijodiy qorishmasidan foydalaniladi. Ayniqsa, iqdisodiyotga ekonometrika uslublari tobora chuqur kirib bormoqda. Ekonometrika uslublari barcha iqdisodiy ta’limot yo‘nalishlari tomonidan amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Bu borada Respublikamizda ham yaxshi natija to‘plangan. Download 397.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling