Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlar evolyutsiyasi


Download 397.03 Kb.
bet5/8
Sana19.10.2023
Hajmi397.03 Kb.
#1710564
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
HOZIRGI ZAMON IQTISODIY TA

P.Samuelsonning “Ekonomiks” asari. Pol Samuelson “Ekonomiks” asari ikki qismga bo‘lingan: Birinchi qismda iqtisodchi- larning iqtisodiyot nazariyalari sharhi. Bunda qadimgi davrdan to hozirgi davrgacha bo‘lgan iqtisodiyot g‘oyalari yoritilgan. Ikkinchi qismda esa o‘zining shaxsiy iqtisodiy qarashlari.
“Ekonomiks” asarining birinchi qismida iqtisodiy tarixni sof va tizimli tahlilini amalga oshirgan. Jumladan, uningcha iqtisodiyotning vujudga kelishi qadimgi davrlarga borib taqaladi. Zamonlar osha iqtisodiy evolyutsiya yuzaga kelgan, u sekin-asta murakkablashib hozirgi zamon ko‘rinishiga kelgan. Boshqa iqtisodchilarga qaraganda Samuelson o‘z iqtisodiy nazariyasini logik mazmunga egaligini tan oladi. Samuelson biror-bir nazariyaga ustunroq qaramaydi, balki amaliy yechimlarda barchasini birgalikda ko‘rib chiqish tarafdori bo‘lgan.
Samuelson “Ekonomiks”ning ikkinchi qismda zamonaviy jahon iqtisodiyotini tahlilini amalga oshirdi. Iqtisodiyotni tartibga solishdagi to‘sqinlik qiluvchi muammolari sifatida quyidagilarni keltiradi: inflyatsiya (uni o‘sish darajasini pasaytirish lozim); ishsizlik (uni ham o‘sish darajasini pasaytirish lozim); iqtisodiy taraqqiyotning muvozanatli va tezlashtirgan rivojlanishiga erishish. Ularning yechimi bo‘yicha barcha ishlab chiqilgan g‘oyalarni – monetarizmdan keynschilikka qadar ko‘rib o‘tish lozim deb hisoblaydi. U g‘oylarni sintez qilish lozimligini aytadi, chunki ularni alohida alohida ishlashi hech qanday natija bermasligini aytadi. Samuelson tahlilda keng miqyosda turli usullarni: fiskaldan tortib siyosiy usulgacha qo‘llash lozimligini aytadi. Bunda eng asosiysi inflyatsiya oqibatlarini kamaytirish, qayta ishlab chiqarish inqirozini va ishsizlik oqibatlarini pasaytirishni amalga oshirish lozimligini aytadi. Demak, u barqaror rivojlanish konsepsiyasi tarafdori bo‘lgan. Mikro va makroiqtisodiyot qo‘shilmasi iqtisodiyot tizimini butunligini ta’minlaydi degan. Faqat ularning birgalikdagi tahlili kechayotgan iqtisodiy jarayonlarga javob bo‘la oladi, deb hisoblagan. Iqtisodiyot o‘z o‘zini tartiblovchi tizim ekanligiga qaramasdan, davlat aralashuvi zarurligini aytadi.
“Ekonomiks” asarining xulosa qismida iqtisodiyotni fan sifatida rivojlantirish lozimligini aytadi. Asosiy maqsad xalq farovonligini ta’minlash deb belgilangan. Ilmiy-texnik taraqqiyot va fan-texnika inqilobining yuz berishi, hayot darajasini ko‘tarilishi va o‘lim darajasining kamayishi iqtisodiyotning maqsadidir deydi. P.Samuelsonning asosiy yutug‘i uni turli iqtisodiy nazariyalarni birlashtirgani va neoklassik tahlil nazariyasini fanga kiritgani hisoblanadi. Bu bilan u zamonaviy iqtisodiyotga baza yaratdi178.

Download 397.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling