Hozirgi zamon oilalarining turlari
Download 49.81 Kb.
|
Oila funksiyasi, oila tiplari va rollari
Monogam oila – bir erkak va bir ayol juftligi о‘rtasidagi nikoh munosabatlarini nazarda tutadi. Ularning er-xotinlik munosabatlari ham umrbod hisoblangan (qadimgi grek sо‘zlaridan olingan: “monos” – bir, yagona, tanho; “gamos” – nikoh ma’nosini bildiradi). Oilaning bunday shakli taxminan uch ming yillar avval paydo bо‘lgan. О‘z mohiyatiga kо‘ra bu – patriarxal oilaning bir kо‘rinishi hisoblanib, yaqin yillardan buyon oilaning bu shakli ayollar va ayollarning teng huquqliligi, bolalar tarbiyasidagi muayyan erkinlik, ona va bolaning oila hayotidagi nufuzi ortishi shaklida rivojlanib kelmoqda.
Lekin biz oila va nikoh tushunchalarining allomalar va taniqli olimlar izlanishlarida qanday ifoda etilganiga e’tiborni qaratamiz. Ana shunday nikoh tarixiga qiziqqan olimlardan biri qadimgi grek faylasufi Platon bо‘lgan. Uning fikricha, barcha zamon va makonlarda patriarxal oila ijtimoiy munosabatlarning, jamiyat hayotining asosi bо‘ladi, davlat esa ana shu kabi oilalarning birlashuvidan paydo bо‘lgan. Lekin Platonning о‘zi о‘z qarashlarini oxirigacha himoya qilib, fikrlarini yakunlay olmadi. “Ideal davlat” deb nomlangan loyihasida u jamiyatda hamjihatlikni ta’minlash uchun ayollar, bolalar birlashmalari va sarmoyalarning umumiyligiga erishish lozim, degan fikrni ilgari surdi. Lekin ayni shu oxirgi fikr aslida yangi emas edi. Qadimgi grek tarixchi olimi Geradot о‘zining mashhur “Tarixlar” deb nomlangan asarida ayollar birlashmalari bir qator qabilalar uchun о‘ziga xos xususiyat ekanligini ta’kidlagan edi. Bu kabi ma’lumotlar antik davrga xos bо‘lgan qator manbalarda о‘z ifodasini topgan. Aristotel Platonning izdoshi sifatida uning “ideal davlat”ga oid fikrlarini rivojlantirib, ustozining patriarxal, ya’ni, erkak kishi yetakchi bо‘lgan oila modelini yoqlab fikr bildirgan. Uning fikricha, oilalar birlashib, “turar-joylarni”, “turar-joylar” birlashib, yaxlit davlatni tashkil etadi. Platon va Aristotellarning shu kabi nuqtai nazarlari anchagina davrgacha hukmron bо‘ldi va oila jamiyatning bо‘lagi sifatida, о‘ziga xos bо‘linmas patriarxal institut sifatida idrok etildi. Fransuz ma’rifatparvari Jan-Jak Russo о‘z davrida “Oila – eng qadimiy va asli tabiiy bо‘lgan jamiyat bо‘lagidir. Oila – kerak bо‘lsa, jamiyat siyosiy qiyofasini belgilovchi obraz, bunda yetakchi, rahbar – gо‘yoki ota misoli, xalq esa – farzandlar kabidir” deb yozgan edi. Bu aslida insoniyat tarixida uzoq vaqtgacha ustivor bо‘lgan paternalizm tamoyilining yaqqol timsolidir (“patern” – ota, otalik, yetakchilik ma’nosini bildiradi). Shunday qilib, antik davrning faylasuflari ham, ulardan keyingi о‘rta asr, hattoki, yangi davrga kelib ham kо‘plab tadqiqotchilar va allomalar oila institutiga alohida ahamiyat berib, о‘z asarlarida ijtimoiy munosabatlarning tabiati va namoyon bо‘lishini aynan oilaviy munosabatlarning xarakteridan qidirish lozimligi fikrini yoqlab keldilar. Shu kabi fikrni nemis faylasuflari Kant va Gegelning mutloq g‘oyaga aloqador asarlarida ham kо‘rish mumkin. Ular avvalo “oila” va “nikoh” tushunchalari о‘rtasida bevosita aloqa mavjudligini ta’kidlaydilar. Shu bois bо‘lsa kerak, hanuzgacha shu ikki tushuncha kо‘pincha sinonimlarday о‘zaro bog‘liqlikda ishlatiladi. Shunday bо‘lsada, oilashunoslar bu ikki tushunchaning о‘rtasida nafaqat farq borligini, balki ular aslida tarixan turli davrlarda paydo bо‘lganligini ham isbot qila oldilar. Oila esa nikohga nisbatan murakkabroq tabiatli munosabatlarni ifodalaydi, chunki u nafaqat er va xotinlarning о‘zaro munosabatlarini, balki ularning farzandlari, qarindosh-urug‘lar, ikkalalari uchun yaqin bо‘lgan insonlar munosabatlarini ham qamrab oladi. Oila va nikoh masalalariga tarixiy yondashuv shveysariyalik olim I.Baxoven (1815-1887) ishlarida, ayniqsa, uning “Onalik huquqi” kitobida yoritilgan. Undan tashqari, amerikalik tadqiqotchi L.Morgan (1818-1881)ning asarlarida ham oilaga nisbatan evolyusion qarashlar bayon etilgan bо‘lib, “Qadimgi jamiyat” kitobi buning yaqqol namunasi hisoblanadi. Bu asarlarda oila institutining bevosita jamiyat tarqqiyoti bilan bog‘liqligi, jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning takomili oilaning mustahkamligiga bog‘liq ekanligi g‘oyasi о‘z isbotini topgan. Bu о‘zgarishlar tarix mobaynida turli jins vakillari о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlarga bog‘liq tarzda kechishi ham ta’kidlangan. Shunday qilib, oilani ijtimoiy institut sifatida idrok etish va uni ilmiy jihatdan о‘rganish an’analari tarixi XIX asrning о‘rtalariga tо‘g‘ri keladi. Ayni shu davrdan boshlab jahonning turli burchaklaridagi taniqli sotsiologlar va antropologlar (L.Morgan, M.Kovalevskiy, B.Malinovkiy, P.Sorokin, keyinchalik A.Xarchev, S.Golod va boshqalar.) oila muammolarini о‘zlarining aniq tadqiqot mavzulari sifatida о‘rgana boshladilar. Bir qarashda yangicha tuyulgan monogam oiladagi о‘zgarishlar XX asrning boshlaridayoq kuzatila boshlangan. Olimlarning ta’kidlashicha, oila institutining о‘zi tabiati nuqtai nazaridan ancha konservativ, ya’ni о‘zgarmas, turg‘un tizim bо‘lgani bois, jamiyat miqyosida rо‘y beradigan о‘zgarishlar oila doirasida taxminan 10-30-yillardan keyingina aks eta boshlaydi. Bundan tashqari, rus sotsiologi S.Golodning yozishicha, Yevropa xalqlari hayotida, oilaviy munosabatlarda kuzatiladigan barcha ijobiy jarayonlar monogam, patriarxal oilaning saqlanib qolingani sababli rо‘y bergan bо‘lsa, qolgan barcha salbiy holatlar aksincha, oilada rо‘y berayotgan salbiy, yomon jarayonlardan kelib chiqadi. Bu kabi talqinlar tabiiyki, kо‘plab tadqiqotchilarga oila va uning istiqbolini tushunishga, mazkur yо‘nalishda jiddiy tadqiqotlar olib borishga xalaqit beradi. Shunga qaramay, oila institutida kuzatilayotgan har qanday о‘zgarishlari odatda eng avvalo, ayolning – xotin-qizlarning jamiyat va oilada tutgan maqomlarining о‘zgarib borayotganligi, ular malakalarining oshib borayotganligi va kasb-hunar, lavozim pog‘onalarida erkaklardan qolishmaslikka intilayotganligi bilan izohlanadi. Qayd etilgan holat bevosita oila hayotida rо‘y berayotgan turli xil о‘zgarishlarga, ham salbiy, ham ijobiy hodisalarga sabab bо‘lmoqda. Ilm-fan tarixida oilani nazariy jihatdan о‘rganish bilan bog‘liq va bir necha ming yilni о‘z ichiga oladigan (Konfusiy, Platon, Arastu davridan boshlab) azaliy an’analar mavjud. Oila – bu mustaqil olam bо‘lib, boshqa ijtimoiy voqeliklarga о‘xshaydi, “jonli alohida va yaxlit tarixiy tizim”ni ifoda etadi. Oila – inson hayotining zarur va asosiy bosqichlaridan biridir. Tabiiy va ijtimoiy muhit о‘rtasidagi bog‘liqlik oila faoliyati orqali amalga oshiriladi, individning biologik holatdan ijtimoiy holatga о‘tishi ta’minlanadi. Individ aynan oilada shaxs sifatida shakllanadi. Oila insonning jismoniy va ma’naviy hayotining uslubi sifatida jamiyatni rivojlantirishning tabiiy va ijtimoiy asoslari о‘rtasidagi vosita vazifasini о‘taydi. Oilani о‘rganish uni jamiyatning yangi avlodlarni dunyoga keltirish, ta’minlash va ularning jamiyatda о‘z о‘rnini egallashi bо‘yicha о‘ziga xos vazifani bajaradigan kichik tizimi sifatida tushunmaslik kerak. Oila ijtimoiy institut sifatida jamiyatning yuqoridagi vazifalarni bajaradigan bо‘g‘ini emas. Oilaviy hayot ijtimoiy voqelik, ijtimoiy tabaqalashuv va ixtisoslashuv jarayonida ishtirok etadigan turfa ijtimoiy kuchlar tо‘qnash keladigan muhit bilan chambarchas bog‘liq. Shu nuqtai nazardan oilani о‘rganish – bu hayotning uzluksiz о‘zgarishida avlodlar almashinuvi bо‘yicha ijtimoiy tizim faoliyatini tashkil etishga e’tibor qaratish demakdir. Oila ijtimoiy tashkilot, tuzilma, institut va kichik guruh xususiyatlarini о‘zida mujassamlashtirgan. Oila ijtimoiy institut sifatida jamiyat shakllangan paytdan boshlab paydo bо‘lgan. Oilaning tashkil topishi va mavjud bо‘lishi qator meyoriy qadriyatlar bilan bog‘liq. Masalan, kо‘ngilni olish, о‘z juftini tanlash, jinsiy odob-axloq standartlari, er, xotin, ota-ona rioya qiladigan meyorlar shular jumlasidan. Bu boradagi qat’iy belgilangan omillar esa ushbu jamiyatda qabul qilingan erkaklar va ayollar о‘rtasidagi munosabatlarning о‘zgarib turadigan shakllarini ifoda etadi. Ular bu orqali о‘zlarining jinsiy hayotini tartibga soladi, er-xotinlik, ota-onalar va boshqa qarindoshlik huquq hamda majburiyatlarni belgilaydi. “Oila – bu ijtimoiy birlik turi, er-xotinlikka va qarindoshlik rishtalariga, ya’ni birga yashaydigan va umumiy xо‘jalikni yuritadigan er-xotin, ota-ona, farzandlar, aka-ukalar, opa-singillar о‘rtasidagi kо‘p tomonlama munosabatlarga asoslangan shaxsiy hayotni tashkil etishning muhim shaklidir”. Psixologik muhit – bu psixologik holatlar, kayfiyatlar, guruh va jamoadagi odamlar о‘rtasidagi munosabatdir. Oiladagi psixologik muhitga er-xotinlarning atrofdagi odamlar, oila a’zolari va umuman, bir-biriga bо‘lgan munosabati ham ta’sir kо‘rsatadi. Oilaning tinchligi, farovonligi uning a’zolarining bir-biriga xayrixohligi, mas’uliyatni о‘z zimmasiga olishga intilishi, о‘ziga nisbatan tanqidiy munosabatda bо‘lish kabi fazilatlar bilan aniqlanadi. Baxtli oilaning psixologik muhiti er-xotinlar manfaatlarining mushtarakligi bilan ifodalanadi. Psixologik muhit kо‘proq odamlarning bir-biriga mos kelishi yoki kelmasligida yorqin namoyon bо‘ladi. Odatda bu borada qadriyatlar, manfaatlar, his-tuyg‘ular, umumiy turmush tarzining о‘ziga xos uyg‘unligi tushuniladi. Agarda oilada bu kabi uyg‘unlik mavjud bо‘lsa, inson qanday bо‘lsa, shundayligicha qabul qilinadi. Oilada juftlikning mos kelishi yoki kelmasligining kо‘rsatkichi nima? Bu oilani saqlash, oila a’zolarida psixologik qulaylik, ishonchlilik, himoyalanganlikning his etilishi hisoblanadi. Bunday oilada psixologik muhit yaxshi bо‘ladi. Odamlarning bir-biriga mos kelmasligi, ya’ni bir-biridan uzoqlashishi mos kelishning aksi hisoblanadi. Er-xotinlar о‘rtasida vaqtinchalik bir-biridan uzoqlashishi, bir-biri bilan gaplashishdan “psixolgik qoniqish” yuzaga kelishi mumkin. Olimlarning fikricha, bu munosabatlar yaqinlar kishilar “yolg‘izlik huquqi”ni tan olsa va shundan sо‘ng о‘zaro munosabatda bо‘lishga yana intilish paydo bо‘lsagina mustahkam bо‘lishi mumkin. Juftlikning bir-biriga mos kelish yoki kelmasligi – murakkab holat bо‘lib, bir necha bosqichdan iborat. Bu g‘oyaviy-ma’naviy umumiylik va ijtimoiy-psixologik mos kelishlik hisoblanadi. Ushbu omillar er-xotinning hayotning past-balandi, asosiy qadriyatlarni yaxshi bilishligi, dunyoqarashi va hayotda о‘z о‘rniga nisbatan qarashlari mos kelmaganda namoyon bо‘ladi. Shu bilan birga, juftlikning bir-biriga mos kelishi yoki kelmasligi psixologik va psixofiziologik bо‘lishi ham mumkin hamda ular shaxsning о‘ziga xos xususiyatlari, er-xotinning fe’l-atvori va qiziqqonligiga bog‘liqdir. Bir-biriga mos keladigan juftliklar shunga о‘xshash bir xil fazilatlarga (aqliy jihatdan yetuklik darajasi, tarbiya va hokazo) va ayni paytda qiziqqonlik xususiyatlari bilan bog‘liq boshqa qarama-qarshi xislatlarga ham ega bо‘lishi mumkin. Kundalik hayotda odam о‘ziga mos keladigan juftlik topishga harakat qilishi zarur. Biroq, mukammal odamning о‘zi yо‘q va shuning uchun bir-birini tushunish, о‘z xohish va ehtiyojlarni boshqa kishining intilishlari bilan mutanosiblashtirish lozim. Oilaning barcha taklif etilgan о‘ziga xos xususiyatlarini birlashtirgan holda shunday xulosaga kelish mumkinki, oila – bu yagona umumiy oilaviy faoliyatga asoslangan, er-xotinlik, ota-ona, qarindoshlik rishtalari bilan bog‘langan odamlar jamoasi bо‘lib, u oilada farzandlarni dunyoga keltirish va avlodlar vorisiyligini, shuningdek, bolalarni ijtimoiy muhitga moslashtirish hamda oila a’zolarining hayot kechirishini ta’minlaydi. Shu tariqa, uchta bо‘g‘indan iborat - er-xotinlik-ota-ona-qarindoshlik munosabati oilani yuqorida qayd etilgan shaklda tashkil etish imkonini beradi. Oilaning tuzilishi xilma-xil bо‘lib, u er-xotinlik, ota-ona-qarindoshlik xususiyatlariga qarab tashkil topadi. Bugungi kunda ota-ona va ularning farzandlaridan iborat nuklear oila eng keng tarqalgan tur hisoblanadi. Har bir toifadagi oilada kechadigan ijtimoiy-psixologik voqelik va jarayonlar, oila a’zolarining emotsional munosabat kо‘rinishlari, uning ijtimoiy-psixologik maqsadlari va oila a’zolarining alohida psixologik ehtiyojlarini о‘z ichiga oluvchi о‘ziga xos nikoh-oila munosabatlari uning о‘ziga xos xususiyatlari sanaladi. Oilani kuzatish bilan shug‘ullanadigan ruhshunosning vazifasi nihoyatda keng bо‘lib, kо‘plab о‘zaro bog‘liq jihatlarni qamrab olgan. Er-xotinning nikoh-oila munosabatlaridan qoniqishi, er-xotinning turli darajada bir-biriga mos kelishi, ota-ona va farzandlar о‘rtasidagi о‘zaro munosabat, bolaning о‘ziga, ota-onasi va oilasiga nisbatan munosabati shular jumlasidan. Umuman olganda oiladagi psixologik muhitni о‘rganishda yuqoridagi jihatlar muhim ahamiyat kasb etib oila mustahkamligini oshirishga xizmat qiluvchi omil bо‘lib hisoblanadi. III BOB OILA ROLLARI OILA ROLLARI HAQIDA Oilada rol va funksiyalarning taqsimlanishi oiladagi etakchilik tushunchalari bilan chambarchas bog'liq. Shu o‘rinda “...hozirda oila boshlig‘i “qonun bo‘yicha” boshliq emas, balki rahbar, ya’ni psixologik ta’siri ixtiyoriy ravishda e’tirof etilganini” ta’kidlash lozim. Shu sababli, teng huquqli nikohda har ikkala turmush o'rtoq ham teng darajada etakchi bo'lishi mumkin, va an'anaviy nikohda etakchi roli erkakka tegishli deb taxmin qilishimiz mumkin. Oila muammolariga dinamik yondashuv zamonaviy oilalarni uch turga ajratadi: simmetrik, qo'shimcha va metato'ldiruvchi. Bunday nikohni nosimmetrik deb atash mumkin, bu erda ikkala turmush o'rtog'i teng, ularning hech biri boshqasiga bo'ysunmaydi. Bunday nikohda barcha muammolar almashish yoki murosaga kelish orqali kelishilgan holda hal qilinadi. Qo'shimcha nikoh avtokratiyani nazarda tutadi, ya'ni. biri buyruq beradi, ikkinchisi uning ko'rsatmalarini kutadi. Meta-to'ldiruvchi nikohda sheriklardan biri o'zining zaif tomonlarini, tajribasizligini, kuchsizligini ta'kidlab, boshqasini manipulyatsiya qilish orqali o'z maqsadiga erishadi. N.F. Fedotovaning ta'kidlashicha, zamonaviy oilada erning o'z boshlig'ini tan olishi, asosan, oilani moddiy qo'llab-quvvatlash va ishlab chiqarishda muvaffaqiyatga erishishdagi ustuvorlikka asoslanadi, ya'ni. oiladan tashqari faoliyatda. Ayollar nuqtai nazaridan, erning ustuvorligini tan olish uchun uning asosiy boquvchi rolini o'ynashi etarli emas. Erga oila boshlig'i rolini yuklagan holda, ayollar uning bo'sh vaqtini tashkil etishda, qulay psixologik muhitni shakllantirishda, ozroq darajada, kundalik hayotni tashkil etishda ishtirok etishiga e'tibor berishadi. bolalarni tarbiyalash. Shu bilan birga, xotinlar uchun bu masalalarda erning ishtiroki emas, balki boshqa oilalardagi erlarga qaraganda ularda faolroq ishtirok etishi muhimdir. Xotinning ustivorligini e’tirof etishning asosi uning oiladagi ko‘p qirrali faoliyatini nafaqat o‘zi, balki erining ham yuksak qadrlashidir. Shu bilan birga, xotinning ustunligini tan olishning eng kuchli sababi uning bolalar ustidan hokimiyati va bolalarga g'amxo'rlik qilish bilan bog'liq kundalik ishi. Ayollar ijtimoiy mavqei va ta'limidan qat'i nazar, bolalarga g'amxo'rlik qiladi, ularni tarbiyalaydi. Onalardan farqli o'laroq, otalar bolaga qanchalik ko'p g'amxo'rlik qiladilar, ularning ta'lim darajasi va ijtimoiy mavqei shunchalik yuqori bo'ladi. O'zlarining oilaviy faoliyatini yuqori baholagan holda, xotinlar ko'pincha erining oilaviy hayotni tashkil eta olmasligini tan olishadi. Shu sababli, zamonaviy Fedotovalar oilasini o'rganish shuni ko'rsatdiki, ayollar boshchiligidagi oilalarda nikohdan qoniqish darajasi past (ayniqsa, ayollar orasida). . Zamonaviy tenglik oilasida etakchilik holati A. Dobrovich va O. Yasitskaya tomonidan yaxshi taqdim etilgan [ 4, 7-bet]: ba'zi masalalarda bosh er, boshqalarida esa xotin. Kerakli daqiqalarda ular etakchilikni o'zgartiradilar va bu bilan bog'liq hech qanday ishqalanish paydo bo'lmaydi, ya'ni. turmush o'rtog'ining shaxsiy rahbariyati norasmiy kichik guruhlardagi etakchilik jarayonlariga o'xshash erkin o'zini o'zi boshqarish sifatida qurilgan. Bunday oilalar er va xotinning shaxsiy xususiyatlarini baholashning taxminan bir xil darajasi va oilaviy hayotdan yuqori qoniqish bilan tavsiflanadi. Bobo va buvilar va ularning bolaning ijtimoiy rivojlanishidagi roli Oila nafaqat ota-onalar va bolalardir. Unda ko'pincha bobo-buvilar, ba'zan boshqa qarindoshlar ham katta yoki kamroq rol o'ynaydi. Ular oilasi bilan yashaydimi yoki yo'qmi, ularning bolalarga ta'sirini e'tibordan chetda qoldirib bo'lmaydi... 13-15 yoshli basketbolchi ayollarning etakchilik fazilatlarining mashg'ulotlar samaradorligiga ta'siri. Sport jamoasi o'ziga xos kichik ijtimoiy guruhdir. U ozligi uchun kichik, odamlarni birlashtirgani uchun esa ijtimoiy... Talabalar guruhlarida etakchilikning etakchilikka ta'siri O'zining tabiatiga ko'ra psixologik hodisa bo'lib, ya'ni norasmiy, norasmiy munosabatlar tizimida yuzaga keladigan etakchilik bir vaqtning o'zida ushbu turdagi munosabatlarni tashkil etish, ularni boshqarish vositasi sifatida ishlaydi. Guruhdagi shaxslararo munosabatlarni o'rganish Deyarli har bir guruhning rasmiy rahbari bor. Norasmiydan farqli o'laroq, u ma'lum bir protsedura bo'yicha tayinlanadi: masalan, yuqori rahbarning buyrug'i bilan yoki saylovlar natijasida ... Erkak va ayol liderlarda o'z-o'zini hurmat qilish va muvaffaqiyatga erishish va muvaffaqiyatsizlikka yo'l qo'ymaslik motivatsiyasini o'rganish Etakchilikning gender psixologiyasi ilmiy yoʻnalish sifatida 1970-yillarning oʻrtalaridan boshlab feministik harakat taʼsirida, birinchi navbatda, Amerika, Avstraliya va Gʻarbiy Yevropa olimlari tomonidan jadal shakllana boshladi. Rahbar va etakchining xatti-harakati Bunda, birinchi navbatda, terminologik aniqlik kiritish va “rahbar” va “menejer” tushunchalarini ajratish nihoyatda muhim. Rus tilida bu ikki xil hodisani belgilash uchun ikkita maxsus atama mavjud (bir xil, ammo nemis tilida bo'lgani kabi ... XXI asrda pozitivistik avtomatizm L.S. Vygotskiy kompulsivlik mavjudligini tushundi. Aksentuatsiya jinsiy genezisni aks ettiradi, bu haqda A.Maslou o'zining "Motivatsiya va shaxsiyat" asarida yozgan. Gender qarama-qarshilik bilan nutqning jinsiy ontogenezini tasvirlaydi ... Etakchilikni rivojlantirish Biz yetakchini qaysidir faoliyat va sohada hammadan ko‘ra ko‘proq muvaffaqiyat qozongan odam deyishga odatlanganmiz. Ba'zan biz rahbarni ma'lum miqdordagi odamlarni boshqara oladigan odam deb ataymiz . Download 49.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling