Hozirgi zamon o'zbek menejmentining xususiyatlari reja: Menejmentda tizimli yondashuv


Hozirgi zamon o’zbek menejmentining xususiyatlari.  modeli


Download 59 Kb.
bet3/4
Sana14.02.2023
Hajmi59 Kb.
#1198593
1   2   3   4
Bog'liq
HOZIRGI ZAMON O\'ZBEK MENEJMENTINING XUSUSIYATLARI

Hozirgi zamon o’zbek menejmentining xususiyatlari. 
modeli.

O‘zbekistonda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari XIII-


XIV asrlarga kelib Amir Temur xukumronligi davridanoq shakllana boshlagan. Amir 
Temur “Temur tuzuklari” asarida, qanday qilib xokimiyatni qo‘lga kiritgani, siyosiy 
va xarbiy faoliyati xaqidagi sirlar, uni boshqarish san’ati, shu bilan birga 
istilochilikka qanday rahbarlik qilganini o‘zi izoxlab bergan. 
“Temur tuzuklari” jaxonga mashxur asar. Uning qo‘l yozma nusxalari 
dunyoning deyarlik barcha mamlakatlari (Hindiston, Eron, Angliya, Daniya, 
Fransiya, Rusiya, Germaniya, Armaniston, O’zbekiston va boshqalar)ning 
kutubxonalarida mavjud. Asar ikki qismdan iborat. 
Birinchi qism Amir Temurning o‘z davlatini barpo etish va uni xar jihatdan 
mustaxkamlash, mukammal qurollangan qudratli qo‘shin tuzish borasida tatbiq etgan 
tuzuklari va rejalaridan iborat bo‘lib, xatto qo‘shinning jangovor saflanish tartibi xam 
maxsus jadvallar orqali ko‘rsatib berilgan. 
Asarning o‘n uch qism (kengash)dan iborat ikkinchi qismida esa xizmat 
soxibqironning kuchli feodal davlatni barpo etish, qo‘shin tuzish va dushman 
lashkarini sindirish yuzasidan tuzgan kengashlari va amalga oshirgan ishlari o‘z 
ifodasini topgan. 
Amir Temur zukko, tajribali va siyosatdon davlat arbobi edi. U o‘zi tuzmoqchi 
bo‘lgan davlatning markaziy apparati va maxalliy xokimiyatning qanday, qaysi 
ijtimoiy toifalarga tayanishi, mansabdor shaxslar va ularning sifatlari xamda burch va 
vazifalarini oldindan belgilab bergan. 
“Tuzuklar” muallifining fikricha, xar bir soxibi toj davlat va jamiyatni ma’lum 
ijtimoiy-siyosiy guruxga tayangan xolda boshqarishi lozim. Hazrat Amir Temur, 
“Tuzuklar”da ma’lum qilishicha, o‘z faoliyatida qo‘yidagi 12 ijtimoiy-siyosiy 
guruxga tayanib ish olib borgan: 
1. Xazrat Payg‘abarimiz Muhammad Sallolloxu Alayhissalomning aziz va 
mukarram avlodi bo‘lmish sayidlar, ulamo va shayxlar; 
2. Xayotning achchiq-chuchugini totgan bilimdon kishilar; 
3. Duoguy taqvodorlar; 
4. Amirlar, sarxanglar, sipoxsolollar, ya’ni lashkar va qo‘shin boshliqlari; 
5. Sipox bilan raiyat, ya’ni qora xalq; 
6. Saltanat ishlari, uning siru-asrorini bilgan, kengashsa bo‘ladigan dono va 
ishonchli kishilar; 
7. Vazirlar, sarkitob va devon bitiqlari; 
8. Xakimlar, tabiblar, munajjimlar va muxandislar;
9. Xadis olimlari va roviylar, ya’ni rivoyat aytuvchilar (tarix shunoslar). 
10. So‘fiy va oriflar; 

Menejmentda tadbirkorlik faoliyati deganda – ishni tashkil etishga ta’sir ko’rsatdigan shart – sharoitlar va omillar borligi tushuniladi. Tadbirkorlik faoliyatining maksadlari va vazifalari bevosita bozor tamoyillaridan kelib chiqadi. Ma’lumki bozor iqtisodiyoti sharoitlarida sotuvchilar o’z tovarlarini imkoni boricha ko’prok foyda beradigan qilib sotishga xaridorlar esa bu tovarlarni imkoni boricha arzonrok qilib xarid qilishga intiladi. Ularning manfaatlari bozordagi baxolar mexanizmi orqali muvozanatlashadi. Shu munosabat bilan bozor iqtisodiyotining qanday tomoyillari tadbirkorlarga xos bo’lib xisoblanadi degan savol tugiladi. Avvalo xususiy mustaqilllik, ya’ni avtonomiya tamoyili. Iqtisodiyotdagi xamma erkin xarakat kiladigan iqtisodiy subyektlardan kelib chiqadi. Shuning uchun tadbirkor kishi amaldagi qonunlar doirasida o’z istamiga karab ish yuritishi mumkin.


Erkinlik tamoyili, birinchidan tadbirkorlar uchun muayan imkoniyatlar bo’lishini, xo’jalik faoliyati erkinligini va qanday bulmasin biror ish bilan shug’ullanish erkinligini ko’zda tutadi.
Ikkinchidan, boshqa imkoniyatlar xam nazarda tutiladi; shartnomalarto’zish erkinligi, birlashish va rakobat qilish erkinligi bor. Uchinchidan, tadbirkor ishi o’z mulkidan o’z xoxishiga karab foydalanish xuquqiga ega bo’ladi. Umumiy vaqtda tadbirkor qonun bilan belgilab qo’yilgan xak – xuquqlarini e’tiborga olish kerak.
Zamonaviy menejer jamoatishlab chiqarishda : a) boshqaruvchi, b) diplomat, v) yetakchi, g) murabbiy, d) inovator, ye) inson sifatida maydonga chiqadi.
Xulosa
Yetakchi-menejer. Zamonaviy menejer, menejerlik ishlaridan tashqari yetakchilik ishlarini xam olib olib boradi. Menejment xususidagi Amerika nariyotchilari «xar bir menejer yetakchi bo’lishi lozim» degan ishorani allakachon urtaga tashlashgan. Menejerlik vazifasi bir ma’noni anglatmaydi. Bizda menejerlik vazifasi deyilar ekan, ko’pincha biznesning moddiy tizimi faoliyatini kuvvatlab borish uchun zarur bo’lganligi professional xarakatlar tushuniladi. Bizda bu utmishda kolgan. Biznesning insonga xos bo’lgan boshqa avlod tizimi ya’ni boshqarishinng asosiy obyekti bu o’rinda guyo chetda kolib ketgan. Lekin bu vazifani yaxshi uddalash uchun menejer odamlarni o’ziga ergashtirib boish kobiliyatiga ega ,ya’ni yetakchi bo’lishi lozim.Zamonaviy nuqtai nazarga muvofiq yetakchilik funksiyalari ikki qismdan – professional-texnokratik va emosional-shaxsga oid qismlardan tarkib topgan.

Download 59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling