Hozirgi zamon psixologiyasi ilmiy tadqiqot metodlari
“PEDAGOGS” international research journal ISSN
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq132-133
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-33, Issue-2, May-2023 133 Psixologiya fanining nazariy masalalari qatoriga yana insonning inson tarafidan idrok etilishini kiritish mumkin. Sababi kishining ayrim xususiyatlari uning yuz alomatlari, chehrasidagi oʻzgarishlar, tana aʼzolarining harakatlari yordamida aniqlanadi. Odamning tashqi koʻrinishiga asoslanib, uning xarakter xususiyatlari, xislatlari yuzasidan ishonchli mulohaza bildirish koʻp asrlik tadqiqot tarixiga ega boʻlsada, ammo masalaning tub ilmiy negizi endigina kengroq oʻrganilmoqda. Natijalar: Har bir pedagog kishilar psixikasini tekshirish uchun loaqal eng oddiy usullarni bilishi darkor. Psixik hayot hodisalarning ularning taraqqiyot jarayonidan o`rganganda miqdor o`zgarishlarining sifat o`zgarishlariga o`tishini va bir sifat holatining ikkinchi sifat holatiga o`tishini ko`zdan kechirmoq darkor. Masalan, odam psixikasining taraqqiy etishini o`rgana turib, bilim olish va to`plash jarayonida odamning bilish qobiliyatlari: xotirasi, tafakkuri va nutqi, mushohadakorligi sifat jihatidan o`zgarishni ko`rsatib bersa bo`ladi. Odam ongi uning tarixiy taraqqiyotida takomillashadi. Bugungi mustaqillik sharoitida milliy ongning shakllanishiga aloqador umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlash, yangicha tafakkur qilish va dunyoqarashni shakllantirish milliy mafkura va milliy g`oyani shakllanishiga ijobiy ta`sir qiladi. Psixologik bilimlar juda uzoq o‘tmish tarixga ega bo‘lsa-da, lekin u fan sifatida falsafadan XIX asrga kelib ajralib chiqdi. Muhokama: Psixologiyani alohida fan sifatida ajralib chiqishiga o‘sha davrda kishilik jamiyatida sodir bo'layotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy o‘zgarishlar sabab bo‘ldi, chunki bular ijtimoiy zaruriyatning taqozosi edi. Psixologik holatlarni tadqiq qilish, ya’ni psixika mohiyatini anglash maqsadida o‘sha davrda eksperimental ilmiy- psixologik laboratoriyalar vujudga kela boshladi. Bugungi zamonda san’at asarlarining tarixiy jihatdan ularni ijodkorlarining shaxsiy xususiyatlari birlamchi ekanligidan kelib chiqiladi. Zamonaviy san’at psixologiyasi san’atkorlarning qobiliyatlarini asar yaratishda hissiy ko‘rinishlarni, shaxslararo munosabatlarni psixologik nuqtai nazardan o‘rganadi. Xulosa: Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, hozirgi zamon pedagogik psixologiya rivojlanishi natijasida insonning individual-psixologik farqlari, ijtimoiy-tarixiy tajribalar ta’siri, shuningdek boshqa odamlar orasidagi muloqot, muomala ta’siri borligini, shuningdek, yana bir qancha faktorlarni hisobga olgan holda shaxsni shakllantiruvchi ta’lim asosida o‘qitish va tarbiyalash yotadi. Adabiyotlar ro'yxati: 1. Davletshin M.G., To‘ychiyev S.M. Umumiy psixologiya. T.:TDPU, 2012. 2. M.G.Davletshin va boshqalar "Yosh davrlar va va pedagogik psixologiya" T.TDPU. 2009. 3. V.A.Kruteskiy. "Pedagogik psixologiya asoslari".- T.: O‘qituvchi.2003. 4. Ivanov F.I, Zufarova M.E. Umumiy psixologiya.T., 2018. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling